Turagent (turlar sotuvi bo'yicha menejer)
Typical pay for this role
- Uzbek· Advanced
- Russian· Upper-Intermediate
- English
Job Details
«CREATRIX» MChJ — O'zbekistondan xorijga (outbound) sayohatlarga ixtisoslashgan, rivojlanayotgan turistik kompaniya. Yetakchi turoperatorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida ishlaymiz va turlarni tanlash, joylashtirish hamda sotish uchun o'z raqamli tizimimizni rivojlantiryapmiz. Sotuv bo'limiga tajribali turagent qidiryapmiz.
Talablar:
- Turagent / tur sotuvi bo'yicha menejer sifatida kamida 2 yil ish tajribasi;
- Turizm sohasida ta'lim olganini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat (turagentlik kursi, turizm bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ta'lim va h.k.);
- O'zbek va rus tillarini erkin bilish (ikkalasi ham majburiy);
- Turoperatorlarning bron qilish tizimlari bilan ishlash tajribasi (Kompas, Kazunion va boshqalar);
- Mashhur xorijiy yo'nalishlarni (BAA, Turkiya, Misr, Tailand, Vyetnam, Malayziya va boshqalar) va viza talablarini bilish;
- Kompyuter, Excel / Google Sheets va messenjerlardan ishonchli foydalanish;
- Sotuv va muzokara olib borish ko'nikmalari, savodli og'zaki va yozma nutq;
- Raqamli tizimimizda har kuni ishlashga va uni rivojlantirishda qatnashishga tayyorlik.
Afzallik hisoblanadi:
- Ingliz tilini bilish;
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun turlar haqida kontent tayyorlash tajribasi;
- O'z mijozlar bazasining mavjudligi.
Vazifalar:
- Mijozlarga maslahat berish (qo'ng'iroq, Telegram, Instagram, ofis) va ularning so'rovi hamda budjetiga mos tur tanlash;
- Turoperatorlar tizimlari orqali tur, aviabilet va mehmonxonalarni bron qilish;
- Shartnoma va hujjatlarni rasmiylashtirish, mijozni safardan qaytgunicha kuzatib borish;
- Davlatlarning viza va kirish talablari bo'yicha maslahat berish;
- Sotuv rejasini bajarish, mijozlar bazasini yuritish, takroriy sotuvlar;
- Ichki tizimimiz orqali tur paketlarni saytlar va kompaniya kanallariga joylashtirish hamda yangilab borish;
- Agentlik jarayonlarini raqamlashtirishda faol ishtirok etish.
Sharoitlar:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilish;
- Ofis: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi mahallasi, O'rikzor ko'chasi 140;
- Oklad + sotuvdan foiz — suhbatda kelishiladi;
- Yirik turoperatorlar bilan tayyor shartnomalar va kompaniya reklamasidan keladigan mijozlar oqimi;
- Kompaniya bilan birga karyera o'sishi imkoniyati.
Ariza topshirishda albatta:
- Dolzarb rezyumeingizni yuboring;
- Turizm sohasida o'qiganingiz haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasini ilova qiling (yoki suhbatga olib keling);
- Qaysi turagentlik / turoperatorlarda, qancha muddat va qaysi lavozimda ishlaganingizni yozing;
- Qaysi bron qilish tizimlarida ishlaganingiz va oylik o'rtacha sotuv hajmingizni ko'rsating.
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
