Texnik qo'llab-quvvatlash mutaxassisi (stajyor)

Texnik qo'llab-quvvatlash mutaxassisi (stajyor)

Datagaze

Salary: Negotiable

Only 6 people applied — be next!

Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Format:Internship
Work mode:On-site
Gender:Any
Required languages:
  • Uzbek
Preferred languages:
  • Russian
  • English

Job Details

Datagaze — 2019-yildan buyon kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston kompaniyasi. Biz DLP, SIEM, WAF va EDR kabi axborot xavfsizligi yechimlarini ishlab chiqamiz. Mahsulotlarimizdan davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va turli sohadagi kompaniyalar foydalanadi. Hozirgacha 50 dan ortiq tashkilot bilan ishlaganmiz va yechimlarimiz 20 000 dan ortiq kompyuterga joriy etilgan.

Yo‘nalish: Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi (Tech Support Specialist Intern). Biz texnik qo‘llab-quvvatlash jamoamizga yangi bilimlarni o‘rganishga qiziqadigan, texnik muammolarga yechim topishni yoqtiradigan va IT sohasida rivojlanishni istaydigan stajyorlarni qidiryapmiz. Stajirovka davomida tajribali mutaxassislar bilan real loyihalarda ishlaysiz, yirik tashkilotlarning IT jamoalari bilan muloqot qilasiz va korporativ tizimlarni o‘rnatish, sozlash hamda texnik muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirasiz.

Vazifalar

  • Datagaze dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish, sozlash va diagnostika qilish
  • Mijozlardan kelgan texnik murojaatlarni o‘rganish va muammolarga yechim topish
  • Mijoz tashkilotlarning IT mutaxassislari bilan ishlash
  • Jamoa bilan birga texnik muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish
  • Yangi texnologiyalarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish

Talablar

  • O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish
  • Rus yoki ingliz tilini bilish ustunlik beradi
  • Ish kuni davomida ofisda ishlash imkoniyati
  • O‘rganishga qiziqish, mas’uliyat va mustaqil izlanish
  • Windows tizimidagi asosiy texnik muammolarni aniqlay olish
  • Windows loglari, fayl tizimi, tizim sozlamalari va xavfsizlik parametrlari haqida boshlang‘ich bilim
  • Linux terminalida ishlay olish
  • Asosiy buyruqlar, log fayllar, fayl tizimi va xavfsizlik sozlamalarini boshlang‘ich darajada bilish

Ish vaqti

  • Stajirovka muddati: 2–3 oy (o‘zlashtirish tezligiga qarab)

Eslatma

Stajirovka davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, vazifalarga mas’uliyat bilan yondashgan va jamoaga moslasha olgan nomzodlarga doimiy ish taklif qilinishi mumkin. Stajirovkadan so‘ng ishga qabul qilish kafolatlanmaydi.

Qanday ariza topshirish mumkin? Quyidagi formani to‘ldiring va rezyumengizni yuboring.

Typical pay for this role

1.4Mminimum
4.5Maverage
15+Mmaximum
ID 127027

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar vacancies