Telegram Bot / App dasturchisi
Typical pay for this role
3Mminimum
12Maverage
45+Mmaximum
Job Details
Telegram Bot / App dasturchisi kerak. Kompaniya: Startap loyiha. Yoʻnalish: IT / Dasturlash (Telegram Bot & Mini App, Sayt).
Vazifalar
- Har xil xizmat koʻrsatish turlari uchun Telegram bot va uning ichida ishlaydigan qulay Mini App (onlayn bron qilish interfeysi) yaratish
- Mijozlar uchun mutaxassisni/xizmatni tanlash, boʻsh vaqtlarni koʻrish va joy band qilish tizimini dasturlash
- Mutaxassislar (xodimlar) uchun oʻz jadvalini boshqarish va kelib tushgan buyurtmalarni qabul qilish/tasdiqlash panelini qilish
- Bot va Mini App'ning barqaror ishlashini taʼminlash, xatolarni toʻgʻrilash va maʼlumotlar bazasini ulash
Talablar
- Telegram bot va Mini App yaratish boʻyicha amaliy tajriba (portfolio boʻlishi)
- Python (Aiogram / Telebot) yoki Node.js va Frontend (React/Vue yoki HTML/JS) texnologiyalarini bilish
- Topshiriqni belgilangan qisqa muddatda (MVP formatida) sifatli topshirish koʻnikmasi
- Masʼuliyatli va oʻz ustida ishlaydigan boʻlishi
- Videomontajni ham bilsa yaxshi
Imtiyozlar
- Oʻz gʻoyangizni amalda sinab koʻrish va IT startapning boshlangʻich jamoasida qatnashish imkoniyati
- Ish hajmidan kelib chiqib qismlarga boʻlingan adolatli toʻlov tizimi
- Kelgusida loyiha rivojlansa, uzoq muddatli hamkorlik va ulush taklif qilish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Kelishuv asosida
Ish vaqti
- Erkin grafik (Vaqtida topshirilsa boʻldi)
- Ish turi: Masofadan (Onlayn) / Gibrid
- Manzil: Toshkent shahri (zaruratga qarab uchrashish mumkin)
- Yoshi: Farqi yoʻq (Asosiysi tajriba va masʼuliyat)
Typical pay for this role
3Mminimum
12Maverage
45+Mmaximum
ID 123848
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

