Sotuv menejeri & Sales manager

Sotuv menejeri & Sales manager

Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:09:00 - 18:00
Gender:Women
Age:20 – 27
Required languages:
  • English
  • Russian
  • Uzbek
Urgent

Job Details

ISHGA TAKLIF! — SOTUV MENEJERI (SALES MANAGER)

Edvora Consulting Group jamoasiga faol, maqsadli va natijaga intiluvchi Sotuv menejerini ishga taklif qilamiz!

Ish joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani

Oylik maosh: Fiksa + KPI asosida bonuslar

Ish shakli: Ofisda, to‘liq ish kuni

Ish grafigi: 6/1

Ish vaqti: 09:00 – 18:00

      Yoshi chegarasi:  20-27 yosh

Biz haqimizda:

Edvora Consulting Group - xalqaro ta’lim konsalting kompaniyasi bo‘lib, xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotgan yoshlarga professional maslahat va ko‘mak xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniyamiz O‘zbekiston va Avstraliyada faoliyat yuritadi hamda xalqaro ta’lim sohasida o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda.

Asosiy vazifalar:

• Potensial mijozlar bilan telefon va messenjerlar orqali muloqot qilish.

• Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va dasturlari haqida ma’lumot berish.

• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos xizmatlarni taklif qilish.

• Kompaniya xizmatlarini professional tarzda taqdim etish va sotuvni amalga oshirish.

• Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan aloqalarni rivojlantirish.

• Mijozlar bilan uchrashuv va konsultatsiyalar tashkil etish.

• CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish.

• Belgilangan KPI va sotuv rejalarini bajarish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

• Ingliz tilini yaxshi bilish (majburiy).

• O‘zbek va rus tillarida ravon muloqot qila olish.

• Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmalari.

• Sotuv sohasida tajriba ustunlik hisoblanadi.

• Kompyuter va Microsoft Office dasturlaridan foydalana olish.

• Mas’uliyatli, xushmuomala va tashabbuskor bo‘lish.

• Natijaga yo‘naltirilgan va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

• Yangi bilimlarni o‘zlashtirish va rivojlanishga tayyor bo‘lish.

Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?

• Raqobatbardosh oylik maosh va natijaga qarab qo‘shimcha KPI bonuslari.

• Xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati.

• Ish jarayoni va xizmatlar bo‘yicha to‘liq o‘qitish.

• Karyera o‘sishi va professional rivojlanish imkoniyati.

• Xalqaro tadbirlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish.

• Xorijiy hamkorlar bilan ishlash va xalqaro tajriba orttirish.

• Do‘stona, faol va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Biz qanday nomzodni qidiryapmiz?

Biz mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, sotuvga qiziqadigan, o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadigan va natija uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor insonni qidiryapmiz.

Agar siz xalqaro kompaniyada faoliyat yuritishni, yangi bilim va tajriba orttirishni hamda o‘z karyerangizni rivojlantirishni istasangiz, Edvora Consulting Group jamoasi sizni kutmoqda!

Rezyume va murojaatlaringizni Telegram profil yoki telefon raqami orqali yuborishingiz mumkin.

Within market

This job · up to 6 M
2Mminimum
6.5Maverage
16+Mmaximum
ID 129330

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent