Sotuv maslahatchisi (avtosalon)

Sotuv maslahatchisi (avtosalon)

Khorezm Region, Urgench CityUrganch–Xiva aylanma trassasi

Salary: Negotiable

Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any
Required languages:
  • Uzbek
Preferred languages:
  • Russian

Job Details

Urganchdagi eng zamonaviy avtosalon jamoasini kengaytirmoqda! Avtomobillar olamida ishlashni, yaxshi daromad topishni va doimiy o‘sishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan SIZ uchun! Biz Urganch shahrida yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi yangi va zamonaviy avtosalonimiz uchun quyidagi lavozimlar uchun nomzodlarni jamoamizga taklif etamiz. Ushbu yo'nalishlarda TAJRIBA MUHIM!

Vazifalar

  • Shourumda mijozlarni kutib olish va avtomobillarni taqdim etish
  • Test-drayv o‘tkazish, mijoz ehtiyoji va byudjetiga mos mashina tanlash
  • Kredit, lizing va trade-in shartlarini hisoblash
  • Bitimni birinchi uchrashuvdan shartnoma imzolanguncha olib borish

Talablar

  • Sotuvda kamida 1 yillik tajriba (B2C yoki B2B)
  • Avtosalonda ishlagan bo‘lsa, katta ustunlik
  • Qimmat tovarlar (ko‘chmas mulk, texnika, mebel, sayohatlar) sotgan nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi
  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot (diplom shart)
  • B toifali haydovchilik guvohnomasi
  • O‘zbek tilini mukammal bilish (rus tili afzallik)
  • Avtomobillarga qiziqish, muloqot madaniyati, sabr-toqat va ozoda tashqi ko‘rinish

Imtiyozlar

  • Yuqori daromad: sotuvdan bonuslar va KPI
  • Premium mijozlar bilan ishlash va professional o‘sish
  • Zamonaviy salon va ahil jamoa

Eslatma

Manzil: Urganch shahri (mo‘ljal: Urganch–Xiva aylanma trassasi). Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, hoziroq murojaat qiling! Rezyume yuborish uchun.

Typical pay for this role

2.5Mminimum
6.5Maverage
14+Mmaximum
ID 126904

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Khorezm