Sotuv bo`limi rahbari ROP
Typical pay for this role
Job Details
Talablar:
• Liderlik qobiliyati — jamoani birlashtirish, ortidan ergashtirish va natijaga yo‘naltira olish.
• Ravon nutq — fikrini aniq, tushunarli va ishonchli yetkazish.
• Talabchanlik va adolatlilik — vazifa qo‘yish, bajarilishini nazorat qilish va xodimga asosli fikr bildirish.
• Stressga chidamlilik — bosim va kelishmovchiliklarda vazminlikni saqlash.
• Mas’uliyat va tashabbuskorlik — muammoni ko‘rib, uning yechimi uchun harakat qilish.
• O‘rganishga va o‘rgatishga tayyorlik.
• Sotuv yoki rahbarlik tajribasi afzallik hisoblanadi. Tajribasi kam, lekin liderlik salohiyati kuchli nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.
Vazifalar:
• Sotuv bo‘limining kundalik ishini tashkil etish, xodimlarga aniq vazifa va maqsadlar belgilash.
• Sotuv rejasining bajarilishini kuzatish, natija pasayishining sabablarini aniqlash va choralar ko‘rish.
• Jamoada ish intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash.
• Yangi menejerlarning ishga moslashishi va sotuv ko‘nikmalarini o‘zlashtirishiga yordam berish.
• Menejerlarning mijozlar bilan muloqotini tahlil qilish, xatolarini tushuntirish va yaxshilash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish.
• amoCRM tizimida murojaatlar e’tiborsiz qolmasligi va mijozlar bilan o‘z vaqtida qayta bog‘lanishni nazorat qilish.
• Jamoada sog‘lom ish muhitini saqlash va kelishmovchiliklarni hal qilish.
• Rahbariyatga bo‘lim natijalari, mavjud muammolar va yechimlar bo‘yicha hisobot berish.
• Shinam va qulay ofis.
• O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi va natijaga qarab KPI.
• Oylik va KPIdan tashqari qo‘shimcha moddiy va nomoddiy rag‘batlantirishlar.
• Korxona hisobidan tushlik.
• Kasbiy rivojlanish va boshqaruv tajribasini oshirish imkoniyati.
• Taklif va tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyati.
• Turli sayohatlar va jamoalar o‘rtasida qiziqarli timbilding tadbirlari.
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

