Proyekt menejer

Proyekt menejer

SEGMENT TEAM

Salary: Negotiable

Payment:Commission
Format:Full-time
Work mode:Remote, On-site
Schedule:Flexible
Gender:Any
Still Hot

Job Details

SEGMENT TEAM kompaniyasiga Proyekt menejer kerak. Yo'nalish: Marketing, AI texnologiyalar, IT va ta'lim xizmatlari. Ish turi: Online / Offline (kelishilgan holda). Manzil: Toshkent shahri / ONLINE GRAFIK.

Jamoamiz bir nechta yo'nalishda kompleks xizmatlar taqdim etadi: AI yordamida professional video va kreativ kontentlar yaratish, Content Maker xizmatlari, Targetolog va SMM xizmatlari, video montaj xizmatlari, online va offline ta'lim xizmatlari, sotuv tizimini yaratish va sotuv xizmatlarini yo'lga qo'yish, dasturlash va IT xizmatlari. Siz ushbu xizmatlarimizni mijozlarga taqdim etasiz, ularga mos yechimlarni taklif qilasiz va hamkorlikni shartnoma asosida yo'lga qo'yasiz.

Vazifalar

  • Jamoamizga murojaat qilgan tayyor mijozlar bilan ishlash
  • Mijozlarga kompaniya xizmatlari va loyihalarini professional tarzda taqdim etish
  • Portfolio va tayyor loyihalar asosida mijozlarga mos xizmatlarni taklif qilish
  • Mijozlar bilan telefon va boshqa aloqa kanallari orqali bog'lanish
  • Mijozlar oqimini boshqarish va nazorat qilish
  • Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish
  • Shartnoma tuzilgan loyihalarni nazorat qilish va jarayonni kuzatib borish
  • Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish

Talablar

  • Muloqot qobiliyati va muzokara olib borish ko'nikmasi
  • Mijozlar bilan ishlashga qiziqish
  • Mas'uliyatli, faol va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
  • O'z fikrini aniq va tushunarli yetkazish
  • Shartnoma tuzish va sotuvga qiziqish
  • Yangi bilimlarni tez o'zlashtirishga tayyorlik
  • Marketing yoki IT sohasida tajriba bo'lishi ustunlik beradi

Imtiyozlar

  • Har bir tuzilgan shartnomadan 10% komissiya
  • Natijalarga qarab qo'shimcha KPI bonuslar
  • Kompaniyamiz xizmatlari bo'yicha bepul o'qitish
  • Professional jamoa bilan ishlash imkoniyati
  • Online ishlash uchun qulay grafik
  • Marketing va IT sohasida tajriba va bilim orttirish
  • Karyera va daromadni oshirish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • Har bir tuzilgan shartnomadan 10% + KPI bonuslar

Ish vaqti

  • Qulay online grafik asosida ishlash imkoniyati mavjud

Eslatma

Biz shunchaki xodim emas, mijozlar bilan ishlashni, muzokara olib borishni va loyihalarni boshqarishni istaydigan, yuqori daromadga intiluvchi Proyekt Menejerni qidiryapmiz! Portfolio yoki natijalarni ilova qiling! Agar o'zingizga ishonsangiz va natija uchun ishlashga tayyor bo'lsangiz, jamoamizga qo'shiling!

Typical pay for this role

4.5Mminimum
10Maverage
60Mmaximum
ID 129096

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent