Koll-operator / B2B uchrashuvlar belgilash menejeri (Masofaviy, uydan
Above market
- Uzbek
- Russian
Job Details
Ish tavsifi:
Biz — Jasur AI IT-kompaniyasimiz. O'zbekistondagi bizneslar (klinikalar, o'quv markazlari, avtosalonlar, qurilish kompaniyalari va yetkazib berish xizmatlari) uchun jonli odamdek gaplashadigan sun'iy intellekt (AI) ovozli agentlarini yaratamiz va joriy qilamiz.
Vazifangiz (telefonda sotish shart emas!):
— Uydan turib qulay brauzer CRM tizimi orqali tayyor, robot yordamida tekshirilgan kompaniya rahbarlariga qo'ng'iroq qilish (baza izlash shart emas, barcha raqamlar ishlaydi);
— Tayyor qisqa skript asosida 30 soniyada rahbarni AI-agent imkoniyatlari bilan qiziqtirish;
— Mutaxassisimiz bilan 15 daqiqalik Zoom / Google Meet (yoki Toshkentda oflayn) uchrashuviga yozib berish.
(Taqdimot o'tkazish va shartnoma yopish sizning zimmangizda emas — buni loyiha asoschisi o'zi bajaradi!)
Talablar:
— O'zbek va rus tillarida erkin, aniq va ishonchli gapira olish;
— Noutbuk/kompyuter (yoki smartfon), barqaror internet va qo'ng'iroq paytida xonada tinchlik;
— Kompaniya rahbarlari bilan tortinmasdan, muloyim va dadil muloqot qila olish (koll-markaz yoki sotuvdagi tajriba katta ustunlik beradi).
Biz nima beramiz:
— Oyiga 4 000 000 – 6 000 000+ so'm daromad (kafolatlangan oklad + har bir o'tgan uchrashuv uchun yuqori bonus + siz yozgan mijoz xizmatga to'lov qilganda ustiga qo'shimcha mukofot);
— Uydan turib kuniga atigi 5–6 soat ish (Du–Ju, 10:00–17:00 oralig'ida qulay vaqtni kelishamiz), yo'l kira va tirbandliklarsiz;
— Tayyor tekshirilgan baza, skriptlar va 1 kunlik tezkor o'qitish;
— O'z vaqtida to'lovlar va shaffof hisob-kitob.
Murojaat uchun:
Ariza qoldiring yoki Telegram orqali «Masofaviy operator» deb yozib, o'zbek va rus tillarida 30 soniyalik ovozli xabar (golosovoye) yuboring.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

