Call-operator / Sotuv menejeri

Call-operator / Sotuv menejeri

4PREP Academy

$700 – 1 000

Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:09:00 18:00
Open positions:3
Gender:Any
Age:18 – 30
Required languages:
  • Russian· Upper-Intermediate
Preferred languages:
  • English· Upper-Intermediate

Job Details

Kompaniya: 4PREP Academy

Daromad: $700 - $1000 (+ bonus)

Siz shunchaki qo'ng'iroqlarga javob beradigan operator emas, balki insonlar muammosiga yechim topib, ularni mijozga aylantira oladigan haqiqiy "closer"misiz?

4PREP Academy jamoasi o'zining Sotuv bo'limiga aynan shunday — mijoz bilan qanday gaplashishni biladigan, ishontira oladigan va natijaga ishlaydigan tajribali mutaxassisni qidirmoqda!

Sizning asosiy vazifalaringiz:

— Lead'lar bilan ishlash: Bitrix24 CRM orqali kelib tushadigan issiq so'rovlar (lead'lar) bilan tezkor aloqaga chiqish;

— Muammoni aniqlash: Mijozga to'g'ri savollar berish orqali uning ehtiyoji va asosiy og'riqli nuqtalarini (pain points) topish;

— Yechim taklif qilish: Olingan ma'lumotlarga asoslanib, mijozga to'g'ri yo'nalish ko'rsatish va 4PREP Academy konsalting xizmatlarini eng zo'r yechim sifatida taqdim etish;

— Sotuvni yopish: Lead bilan doimiy, iliq aloqani saqlab qolgan holda e'tirozlar bilan ishlash va uni real mijozga aylantirish (Deal closed!).

Biz sizdan nima kutamiz?

— Sotuv bo'limida yoki call-markazda (ayniqsa ta'lim/konsalting sohasida) muvaffaqiyatli ish tajribasi;

— Mijoz bilan muloqot qilish, uni eshitish va e'tirozlarni to'g'ri yengib o'tish qobiliyati;

— Bitrix24 yoki boshqa CRM tizimlarida ishlash ko'nikmasi;

— O’zbek va rus tillarida erkin, ishonchli va savodli so'zlasha olish (Ingliz tili ustunlik beradi);

— Qat'iyatlilik va faqat yuqori natija ko'rsatishga bo'lgan ishtiyoq.

Biz sizga nimani taklif qilamiz?

— Munosib va barqaror daromad: Bozordagi eng raqobatdosh va doimiy o'sib boradigan oylik maosh (Yaxshi fiks + sotuvlar soniga qarab chegaralanmagan bonuslar);

— Tayyor sistema: To'g'ridan-to'g'ri qiziqish bildirgan, ishlashga tayyor va qaynoq lead'lar oqimi;

— O’sish va rivojlanish: 4PREP Academy'ning ahil, professional jamoasi bilan birga ishlash va karyerada o'sish imkoniyati;

— Qulayliklar: Barcha kerakli zamonaviy jihozlarga ega qulay ofis va sharoitlar.

Agar siz o'z sotuv qobiliyatingizga ishonsangiz va daromadingizni o'zingiz belgilashni xohlasangiz, hoziroq rezyumeingizni yuboring.

Above market

This job · up to 12 M
1.5Mminimum
5Maverage
18+Mmaximum
ID 119231

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent