Bagaj tashuvchi xodim (temir yo'l vokzali)
Typical pay for this role
- Uzbek
- Russian
- English
Chinese
Job Details
BagajGo — Samarqand temir yo'l vokzalida yo'lovchilarga maxsus bagaj aravalari yordamida qo'l yuklarini tashishda yordam beruvchi xizmat. Xizmatimizni yo'lga qo'yish va rivojlantirish munosabati bilan faol, mas'uliyatli, jismonan baquvvat va xushmuomala xodimlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Vokzalga kelgan yo'lovchilarni kutib olish va BagajGo xizmatini xushmuomalalik bilan taklif qilish
- Yo'lovchilarning chamadon, sumka va boshqa qo'l yuklarini tashishda yordam berish
- Yuklarni vokzal kirish qismi yoki belgilangan joydan poyezdgacha yetkazib berish
- Poyezddan tushgan yo'lovchilarning yuklarini vokzal hududidagi ruxsat etilgan chiqish joyigacha olib borish
- Yuklarni maxsus aravalarga ehtiyotkorlik bilan joylashtirish
- Xizmat davomida yo'lovchilarning buyumlari saqlanishini ta'minlash
- Yo'lovchilar bilan xushmuomala va professional muloqot qilish
- Aravalarning holatini nazorat qilish va ularni qarovsiz qoldirmaslik
- Xizmat uchun to'lovlarni qabul qilish, har bir buyurtmani qayd etish va kompaniyaning hisob-kitob tartibiga rioya qilish
Talablar
- O'zbek va rus tillarini bilish shart
- Ingliz, xitoy va boshqa xorijiy tillarni bilish katta ustunlik beradi
- Jismonan baquvvat bo'lish va oyoqda ishlashga tayyorlik
- Yo'lovchilar bilan xushmuomala bo'lish
- Halollik, mas'uliyat va punktuallik
- Ozoda tashqi ko'rinish va intizom
- Kunduzgi va tungi smenalarda ishlashga tayyorlik
- Ishlash, rivojlanish va daromad topishga intilish
- Ish tajribasi bo'lsa yaxshi, lekin majburiy emas
Imtiyozlar
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- Doimiy asosiy ish haqi
- Ish natijalariga qarab qo'shimcha kunlik daromad olish imkoniyati
- Kompaniyaning belgilangan mukofotlash tizimi
- Ish haqini o'z vaqtida to'lash
- BagajGo firmaviy ish kiyimi
- Xodim uchun maxsus beydjik
- Yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish va yuklarni xavfsiz tashish bo'yicha o'rgatish
- Rivojlanayotgan jamoada ishlash va kasbiy o'sish imkoniyati
- Mos nomzodlarni o'rgatishga tayyormiz
Maosh tafsiloti
- Asosiy ish haqi miqdori suhbat davomida kelishiladi
- Kompaniyada ish natijalariga qarab qo'shimcha mukofotlash tizimi mavjud
- Xodimlar bajarilgan buyurtmalar va smena natijalariga qarab qo'shimcha daromad olishlari mumkin
- Mukofotni hisoblash va to'lash shartlari suhbat davomida batafsil tushuntiriladi
Ish vaqti
- Ish joyi: Samarqand temir yo'l vokzali
- Ish tartibi: sutka davomida — 24/7
- Kunduzgi smena: 08:00 dan 20:00 gacha
- Tungi smena: 20:00 dan 08:00 gacha
- Rejalashtirilgan smena davomiyligi — 12 soat
- Smenalar almashinuvi va dam olish kunlari O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi
- Yo'lovchilar oqimi ko'paygan vaqtlarda qo'shimcha xodimlar jalb qilinadi
Eslatma
Vakansiya bo'yicha Telegram orqali yozing. Telefon qo'ng'iroqlari qabul qilinmaydi, muloqot faqat Telegram orqali amalga oshiriladi. Birinchi xabarda quyidagilarni yozing:
- Ism va familiyangiz
- Yoshingiz
- Qaysi tillarni bilishingiz
- Ish tajribangiz bor yoki yo'qligi
- Tungi smenada ishlashga tayyorligingiz
- Suhbat uchun qulay vaqtingiz
Arizalar ko'rib chiqilgach, mos nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

