Ishlab chiqarishni rejalashtirish
Bu rol uchun odatdagi maosh
- O‘zbek
- Rus
- Ingliz
Ish tafsilotlari
Tekstil korxonasi trikotaj mato va tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirish bo‘limiga xodimni ishga taklif etadi.
Talablar:
• Ishlab chiqarishni rejalashtirish yoki muvofiqlashtirish bo‘yicha tajriba.
• Tekstil, trikotaj yoki tikuv korxonasida ishlaganlik tajribasi ustunlik beradi.
• Excel dasturida ishlash, sexlar yuklamasini hisoblash va buyurtmalar bo‘yicha reja hamda amaldagi natijalar hisobini yuritish ko‘nikmasi.
• Muddatlarni rejalashtirish, bir vaqtning o‘zida bir nechta buyurtma bilan ishlash va turli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati.
• Raqamlar bilan ishlashda e’tiborlilik va mas’uliyat.
• ERP tizimlarida ishlash tajribasi ma’qullanadi.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish katta ustunlik beradi.
Vazifalar:
• Buyurtmalar muddatlari, sexlar yuklamasi va xomashyo mavjudligini hisobga olgan holda kunlik va haftalik ishlab chiqarish rejalarini tuzish.
• Ishlab chiqarishning har bir bosqichi — matoni to‘qish, bo‘yash va pardozlashdan tortib, mahsulotlarni bichish, tikish va qadoqlashgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha hajm va muddatlarni rejalashtirish.
• Buyurtmalarni ishlab chiqarishga tushirish jadvalini tuzish va sexlar yuklamasini bo‘lim rahbarlari bilan kelishish.
• Ta’minot bo‘limi, ombor va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan birgalikda buyurtmani ishlab chiqarishga tushirish sanasiga qadar ip-kalava, mato va furnitura mavjudligini tekshirish.
• Har kuni rejalashtirilgan va amalda ishlab chiqarilgan hajmlarni solishtirish, kechikish xavflarini aniqlash va ishlab chiqarish jadvaliga tuzatishlar kiritish.
• Ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va buyurtmalar holati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.
Sharoitlar:
• Ish joyi — Toshkent va Chirchiq shaharlari.
• Ish tartibi — haftasiga 6 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
• Ish haqi — suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Murojaat qilish uchun rezyumeni Telelegramga tashlang
@ hondamiras
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo‘ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.
