SAAS TEKS INVEST
Kompaniya haqida
Vakansiya | Ishlab chiqarishni rejalashtirish bo‘limi xodimi Tekstil korxonasi trikotaj mato va tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirish bo‘limiga xodimni ishga taklif etadi. Vazifalar: • Buyurtmalar muddatlari, sexlar yuklamasi va xomashyo mavjudligini hisobga olgan holda kunlik va haftalik ishlab chiqarish rejalarini tuzish. • Ishlab chiqarishning har bir bosqichi — matoni to‘qish, bo‘yash va pardozlashdan tortib, mahsulotlarni bichish, tikish va qadoqlashgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha hajm va muddatlarni rejalashtirish. • Buyurtmalarni ishlab chiqarishga tushirish jadvalini tuzish va sexlar yuklamasini bo‘lim rahbarlari bilan kelishish. • Ta’minot bo‘limi, ombor va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan birgalikda buyurtmani ishlab chiqarishga tushirish sanasiga ip-kalava, mato va furnitura mavjudligini tekshirish. • Har kuni rejalashtirilgan va amalda ishlab chiqarilgan hajmlarni solishtirish, kechikish xavflarini aniqlash va ishlab chiqarish jadvaliga tuzatishlar kiritish. • Ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va buyurtmalar holati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash. Talablar: • Ishlab chiqarishni rejalashtirish yoki muvofiqlashtirish bo‘yicha tajriba. • Tekstil, trikotaj yoki tikuv korxonasida ishlaganlik tajribasi ustunlik beradi. • Excel dasturida ishlash, sexlar yuklamasini hisoblash va buyurtmalar bo‘yicha reja hamda amaldagi natijalar hisobini yuritish ko‘nikmasi. • Muddatlarni rejalashtirish, bir vaqtning o‘zida bir nechta buyurtma bilan ishlash va turli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati. • Raqamlar bilan ishlashda e’tiborlilik va mas’uliyat. • ERP tizimlarida ishlash tajribasi ma’qullanadi. • O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish katta ustunlik beradi. Sharoitlar: Ish joyi — Toshkent va Chirchiq shaharlari. Ish tartibi — haftasiga 6 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha. Ish haqi — suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi. Murojaat qilish uchun rezyumeni Telegram orqali @hondamiras ga yuboring «Ishlab chiqarishni rejalashtirish bo‘limi xodimi» belgisi bilan yuboring
