Yuk tashuvchi (gruzchik)
Обычная зарплата для этой роли
DONSAROY
Зарплата: Договорная
О работе
Un, shakar, yog‘, margarin va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik DONSAROY do‘koniga chaqqon va mas’uliyatli yuk tashuvchi (gruzchik) ishga taklif etiladi.
Vazifalar
- Kelgan yuk mashinalaridan mahsulotlarni tushirish va omborga / savdo zaliga taxlash
- Xaridorlar xarid qilgan mahsulotlarni (qop va karobkalarni) mashinasigacha chiqarib, chiroyli joylab berish
- Qoplar yirtilmasligi va karobkalar ezilmasligiga e’tibor berish, ombor tozaligini saqlash
Talablar
- Jismonan baquvvat, sog‘lom va chaqqon bo‘lish (25–50 kg lik un va shakar qoplari hamda yog‘ karobkalari bilan ishlash)
- Un, oziq-ovqat ombori yoki ulgurji savdo nuqtalarida ishlagan bo‘lsa — katta ustunlik beriladi
- Yomon odatlardan xoli bo‘lish, ishga soat 07:00 da kechikmasdan kelish va tartiblilik
Imtiyozlar
- Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan maosh (suhbat asosida belgilanadi)
- Doimiy ish o‘rni, yaxshi sharoit va ahil jamoa
- Tushlik korxona xisobidan
Ish vaqti
- 07:00 dan 19:00 gacha
Eslatma
Murojaat qilish uchun o‘z ma’lumotingizni (ism, yosh, oldin qayerda ishlaganingiz va telefon raqamingizni) yozib qoldiring yoki ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha do‘konimizga keling.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

