Yetkazib berish haydovchisi (Ekspeditor)

Yetkazib berish haydovchisi (Ekspeditor)

Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Рабочее время:09:00-18:00
Пол:Мужчины
Возраст:20 – 25

О работе

Distributsiya kompaniyamiz jamoasiga mas'uliyatli, halol, chaqqon va tartibli Yetkazib berish haydovchisi (Ekspeditor) lavozimiga xodimlar taklif qilamiz. Agar siz avtomobil boshqarishni yaxshi bilsangiz, mijozlar bilan xushmuomala muloqot qila olsangiz va mahsulot hamda pul hisob-kitobiga mas'uliyat bilan yondashsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Talablar

  • Yosh: 20–25 yosh
  • Jinsi: erkak
  • Halol, mas'uliyatli va intizomli bo‘lish
  • B toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish
  • Amaliy haydash tajribasiga ega bo‘lish
  • Shahar ko‘chalarini yaxshi bilish
  • Mahsulot va pul hisob-kitobini aniq va xatosiz yurita olish
  • Mijozlar bilan xushmuomala va madaniyatli muloqot qila olish
  • Belgilangan marshrut va ish tartibiga rioya qilish
  • Jamoada ishlay olish

Vazifalar

  • Mahsulotlarni savdo nuqtalariga belgilangan marshrut va jadval asosida yetkazib berish
  • Mahsulotlarni mijozga to‘liq, to‘g‘ri va butun holatda topshirish
  • Yetkazib berilgan mahsulotlar bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish
  • Mijozlardan to‘lovlarni qabul qilish va belgilangan tartibda topshirish
  • Kunlik mahsulot va pul hisob-kitoblarini yuritish
  • Yetkazib berish jarayonida yuzaga kelgan muammolar haqida rahbariyatga o‘z vaqtida xabar berish
  • Biriktirilgan avtomobilning tozaligi va soz holatini nazorat qilish
  • Avtomobil, mahsulot, hujjatlar va qabul qilingan mablag‘larning saqlanishiga mas'ul bo‘lish

Imtiyozlar

  • Barqaror va o‘z vaqtida beriladigan ish haqi
  • Ish haqi: 3 000 000 so‘m + bonus
  • Rasmiy va barqaror ish o‘rni
  • Ahil va professional jamoa
  • Ish jarayonida kerakli tizim va tartiblar bo‘yicha o‘qitish
  • Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati

Ish vaqti

  • Ish vaqti: 09:00–18:00
  • Ish turi: To‘liq stavka

Ниже рынка

Эта вакансия · ≈3 млн
3,2млнминимум
6млнсреднее
9,3+млнмаксимум
ID 92837

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте