Yangi xususiy bog‘chaga pedagog va tarbiyachilar

Yangi xususiy bog‘chaga pedagog va tarbiyachilar

Millat Umidi Group

Зарплата: Договорная

53 человека откликнулись

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость, Частичная занятость, Сменная
Режим работы:В офисе
График:По договорённости
Вакансии:10
Пол:Не важно
Возраст:22+

О работе

Kompaniya haqida

Biz Toshkent shahrida 300 nafardan ortiq bolaga mo‘ljallangan yangi zamonaviy xususiy bolalar bog‘chasini ochmoqdamiz.

Bog‘chamiz mahalliy qadriyatlar va an’analarni xalqaro maktabgacha ta’lim yondashuvlari bilan uyg‘unlashtiradi. Maqsadimiz — bolalar o‘zlarini erkin va qulay his qiladigan, bilim oladigan va har tomonlama rivojlanadigan muhit yaratish.

Hozirda biz jamoamizni shakllantirmoqdamiz va bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan mutaxassislarni ishga taklif qilamiz.

Kimlarni ishga taklif qilamiz?

  • Tarbiyachilar
  • Tarbiyachi yordamchilari (enagalar)
  • Logoped-defektologlar
  • Turli yo‘nalishdagi o‘qituvchilar
  • Sport va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar bo‘yicha murabbiylar

Biz nimalarni taklif qilamiz?

  • Suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadigan raqobatbardosh ish haqi
  • Yangi va zamonaviy bolalar bog‘chasida ishlash imkoniyati
  • Rasmiy ishga joylashish
  • Bepul ovqatlanish
  • Xodimlarning farzandlari uchun ta’lim chegirmalari
  • Qulay mehnat sharoitlari
  • Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyatlari
  • Ahil jamoa va rahbariyat ko‘magi

Biz qanday xodimlarni qidiryapmiz?

  • O‘z yo‘nalishi bo‘yicha tegishli ma’lumotga va/yoki ish tajribasiga ega mutaxassislarni
  • Mas’uliyatli, e’tiborli va xushmuomala insonlarni
  • Bolalarni yaxshi ko‘radigan va ular bilan tez til topisha oladigan xodimlarni
  • Jamoada ishlashga va o‘z ustida ishlashga tayyor mutaxassislarni
  • O‘zbek va rus tillarini bilish ustunlik beradi

Ish manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, mo‘ljal — O‘rikzor Residence.

Обычная зарплата для этой роли

1,5млнминимум
3,5млнсреднее
8+млнмаксимум
ID 109975

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте