Undiruv bo‘yicha yurist

Undiruv bo‘yicha yurist

PREMIER AUTO CITY

8 000 000 – 25 000 000 сум

Источник:ИШ БОР
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Рабочее время:09:15-20:00
Условия:
ПитаниеЖильё
Пол:Не важно
Возраст:25 – 45

О работе

PREMIER AUTO CITY avtosaloniga kuchli va tajribali yurist kerak!

Lavozim: Undiruv bo‘yicha yurist

❗️ MUHIM TALAB: Bizga oddiy yurist emas, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kerak.

Nomzod avval quyidagi tizimlardan birida ishlagan bo‘lishi kerak:

— IIB / Ichki ishlar organlarida ishlagan; — Tergov yoki surishtiruv yo‘nalishida ishlagan; — Prokuratura organlarida ishlagan; — Jinoyat, fuqarolik yoki iqtisodiy ishlarni amaliyotda ko‘rgan; — Hujjat bilan ishlashni, odam bilan gaplashishni va vaziyatni tez tahlil qilishni biladigan bo‘lishi kerak.

🔥 Bizga shustriy, chaqqon, qat’iyatli, vaziyatni tez tushunadigan, odam bilan gaplashishni biladigan va natijaga ishlaydigan yurist kerak.

Ayniqsa tergovchi, surishtiruvchi, IIB xodimi yoki prokuratura tizimida ishlagan nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Maosh tafsiloti

  • 8 000 000 – 25 000 000 so‘m
  • Natija va malakaga qarab yuqori daromad olish imkoniyati mavjud.

Vazifalar

  • Debitor qarzdorliklarni undirish;
  • Qarzdorlar bilan muzokara va talabnoma ishlarini olib borish;
  • Fuqarolik sudlarida kompaniya manfaatlarini himoya qilish;
  • Iqtisodiy sudlarda da’vo arizalari tayyorlash va sud jarayonlarida qatnashish;
  • Qarzdorlik bo‘yicha ishlarni boshidan oxirigacha yuritish;
  • Sud buyrug‘i, hal qiluv qarori va ijro hujjatlarini olish;
  • MIB bilan professional ishlash va ijro jarayonini nazorat qilish;
  • Qarzdorning mol-mulki va aktivlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish;
  • Shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni tahlil qilish;
  • Kompaniya manfaatlarini sud va boshqa tashkilotlarda professional himoya qilish.

Talablar

  • IIB, tergov, surishtiruv yoki prokuratura tizimida ishlagan bo‘lishi;
  • Undiruv ishlarini yaxshi tushunishi;
  • Fuqarolik va iqtisodiy sud amaliyotini bilishi;
  • Da’vo arizasi, pretenziya, shikoyat va protsessual hujjatlarni mustaqil tayyorlay olishi;
  • Sudlarda mustaqil va ishonchli qatnasha olishi;
  • MIB bilan ishlashni bilishi;
  • Qarzdor bilan qat’iy, lekin qonun doirasida ishlay olishi;
  • Rahbar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Subordinatsiyani saqlashi;
  • Tezkor, chaqqon va natijaga ishlaydigan bo‘lishi;
  • Muzokara olib borishda kuchli bo‘lishi;
  • Hushmuomala, savodli va mas’uliyatli bo‘lishi;
  • O‘z ustida doimiy ishlaydigan bo‘lishi.
  • Yosh: 25–45 yosh

🔥 Bizga oddiy “ishga kelib-ketadigan” yurist kerak emas.

Bizga oldiga katta maqsad qo‘ygan, pul topishni xohlaydigan, professional o‘sishni istaydigan va “muammoni menga bering — natijasini qilib beraman” degan xarakterdagi xodim kerak.

Maqsadsiz, sustkash, mas’uliyatdan qochadigan va shunchaki oylik uchun ish qidirayotganlar murojaat qilmasin.

Imtiyozlar

  • Viloyatdan keladigan kuchli mutaxassislar uchun bepul yotoqxona mavjud.
  • Tushlik — kompaniya hisobidan.

Ish vaqti

  • 09:15 – 20:00
  • Oyiga 2–4 kun dam olish.

Eslatma

Murojaat qilayotganda CV/rezyume yuboring va qaysi tizimda — IIB, tergov, surishtiruv yoki prokuraturada ishlaganingizni albatta ko‘rsating.

Выше рынка

Эта вакансия · до 25 млн
1,8млнминимум
6млнсреднее
13+млнмаксимум
ID 83537

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте