Texnik qo'llab-quvvatlash mutaxassisi (stajyor)
Обычная зарплата для этой роли
Datagaze
Зарплата: Договорная
Откликнулись всего 6 человек, будьте среди первых!
- Узбекский
- Русский
- Английский
О работе
Datagaze — 2019-yildan buyon kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston kompaniyasi. Biz DLP, SIEM, WAF va EDR kabi axborot xavfsizligi yechimlarini ishlab chiqamiz. Mahsulotlarimizdan davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va turli sohadagi kompaniyalar foydalanadi. Hozirgacha 50 dan ortiq tashkilot bilan ishlaganmiz va yechimlarimiz 20 000 dan ortiq kompyuterga joriy etilgan.
Yo‘nalish: Texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi (Tech Support Specialist Intern). Biz texnik qo‘llab-quvvatlash jamoamizga yangi bilimlarni o‘rganishga qiziqadigan, texnik muammolarga yechim topishni yoqtiradigan va IT sohasida rivojlanishni istaydigan stajyorlarni qidiryapmiz. Stajirovka davomida tajribali mutaxassislar bilan real loyihalarda ishlaysiz, yirik tashkilotlarning IT jamoalari bilan muloqot qilasiz va korporativ tizimlarni o‘rnatish, sozlash hamda texnik muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirasiz.
Vazifalar
- Datagaze dasturiy mahsulotlarini o‘rnatish, sozlash va diagnostika qilish
- Mijozlardan kelgan texnik murojaatlarni o‘rganish va muammolarga yechim topish
- Mijoz tashkilotlarning IT mutaxassislari bilan ishlash
- Jamoa bilan birga texnik muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish
- Yangi texnologiyalarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish
Talablar
- O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish
- Rus yoki ingliz tilini bilish ustunlik beradi
- Ish kuni davomida ofisda ishlash imkoniyati
- O‘rganishga qiziqish, mas’uliyat va mustaqil izlanish
- Windows tizimidagi asosiy texnik muammolarni aniqlay olish
- Windows loglari, fayl tizimi, tizim sozlamalari va xavfsizlik parametrlari haqida boshlang‘ich bilim
- Linux terminalida ishlay olish
- Asosiy buyruqlar, log fayllar, fayl tizimi va xavfsizlik sozlamalarini boshlang‘ich darajada bilish
Ish vaqti
- Stajirovka muddati: 2–3 oy (o‘zlashtirish tezligiga qarab)
Eslatma
Stajirovka davomida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, vazifalarga mas’uliyat bilan yondashgan va jamoaga moslasha olgan nomzodlarga doimiy ish taklif qilinishi mumkin. Stajirovkadan so‘ng ishga qabul qilish kafolatlanmaydi.
Qanday ariza topshirish mumkin? Quyidagi formani to‘ldiring va rezyumengizni yuboring.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
