Targetolog / Performance Marketolog
Tashkent International University
5 000 000 – 10 000 000 сум
25 человек откликнулись
Выше рынка
О работе
Kompaniya haqida:
Tashkent International University (TIU) - 2+2 qo‘shma diplom dasturlari, 10 dan ortiq davlatdagi 50 dan ortiq hamkor universitetlar va 100% gacha grant imkoniyatlarini taqdim etuvchi xalqaro universitet.
Agar siz Meta reklama kampaniyalarini samarali boshqarishni, marketing natijalarini raqamlar orqali tahlil qilishni va reklama byudjetidan maksimal natija olishni bilsangiz - sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar:
-
Meta (Instagram/Facebook) reklama kampaniyalarini ishga tushirish, yuritish va optimallashtirish;
-
Pixel, Conversions API (CAPI) hamda UTM trackingni sozlash;
-
A/B testlarini o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish;
-
CPL, CPA, CAC va boshqa KPI ko‘rsatkichlarini monitoring qilish;
-
Bitrix24 CRM tizimi bilan ishlash;
-
Kontent jamoasi bilan birgalikda kreativ materiallarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
Talablar:
-
Meta Ads bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
-
Performance marketing tamoyillarini yaxshi tushunish;
-
Pixel, CAPI va analitika vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
-
Kunlik 200-300 AQSH dollari va undan yuqori reklama byudjetlarini boshqargan bo‘lish;
-
Natija uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish.
Biz taklif qilamiz:
-
Maosh: 5,000,000 - 10,000,000 so‘m + KPI bonuslari;
-
Yarim stavka va moslashuvchan ish vaqti;
-
Toshkent shahri markazidagi zamonaviy ofis;
-
Yirik xalqaro universitetda professional rivojlanish imkoniyati;
-
Qiziqarli loyihalarda ishtirok etish;
-
Tajribali va shakllangan jamoada ishlash.
Ariza topshirish: Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, havola orqali ariza qoldiring.
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
