Tajribali sotuv menejeri

Tajribali sotuv menejeri

Savod O'quv markazi

от 4 000 000 сум

Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Пол:Не важно

О работе

SAVOD O‘QUV MARKAZI TAJRIBALI SOTUV MENEJERINI ISHGA TAKLIF QILADI! Daromad: 4 000 000 – 15 000 000 so‘m (qo‘lga). Fiks oylik + KPI. Yuqori chegara cheklanmagan, daromad to‘liq sizning natijangizga bog‘liq. Agar siz yuzma-yuz sotuvda tajribaga ega, mijoz ehtiyojini tez aniqlay oladigan va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz!

Vazifalar

  • Markazga kelgan mijozlar bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish va kursga yozish
  • Kiruvchi lidlarga qo‘ng‘iroq qilish va ularni uchrashuv yoki sinov darsiga taklif qilish
  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va unga mos kursni tanlab berish
  • Sinov darsidan keyin mijozni to‘lovgacha olib borish
  • O‘ylab ko‘rayotgan mijozlar bilan doimiy aloqani saqlash (follow-up)
  • CRMda har bir mijoz bo‘yicha ma’lumotni o‘z vaqtida kiritish va voronkani yuritish
  • Kunlik va haftalik sotuv rejasini bajarish, natijalar bo‘yicha hisobot berish

Talablar

  • Sotuvda kamida 3 yillik tajriba (yuzma-yuz sotuv tajribasi shart)
  • CRM tizimlarida ishlay olish (amoCRM, Bitrix24 yoki shunga o‘xshash)
  • O‘zbek tilida erkin va savodli muloqot
  • Natijaga yo‘naltirilganlik, mas’uliyat va intizom
  • Arab tilini bilish shart emas

Imtiyozlar

  • Fiks oylik va KPI
  • Doimiy lidlar oqimi
  • Qulay ofis, Toshkent shahrida
  • O‘zingiz yoki yaqinlaringiz uchun kurslarimizga 50% chegirma

Maosh tafsiloti

  • Daromad: 4 000 000 – 15 000 000 so‘m (qo‘lga)
  • Fiks oylik + KPI
  • Yuqori chegara cheklanmagan, daromad to‘liq sizning natijangizga bog‘liq

Ish vaqti

  • 6/1, kuniga 8 soat

Eslatma

Muhim: vakansiya faqat tajribali sotuvchilar uchun. Sotuvda tajribasi yo‘q nomzodlardan murojaat qilmasliklarini so‘raymiz. Rezyumeingizni yuboring. Mos nomzodlar bilan suhbatga o‘zimiz bog‘lanamiz!

Ниже рынка

Эта вакансия · ≈4 млн
2млнминимум
6,8млнсреднее
15+млнмаксимум
ID 113934

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте