Tajribali savdo menejeri
О работе
TOWER PLAST & ALUPROF jamoasiga tajribali savdo menejeri kerak! Ayol va qizlarni ishga taklif qilamiz. Bizga shunchaki xodim emas — mijoz bilan ishlashni biladigan, savdo tajribasiga ega, kompyuterda mustaqil va ishonchli ishlay oladigan SAVDO MENEJERI kerak.
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 3 000 000 so‘mdan 7 000 000 so‘mgacha
- Natija va savdo ko‘rsatkichlariga qarab qo‘shimcha bonuslar mavjud
Imtiyozlar
- Shinam va zamonaviy ofis
- Bepul tushlik
- Savdo natijasiga qarab qo‘shimcha bonuslar
- Barqaror va doimiy ish o‘rni
- Ahil va professional jamoa
- Karyera va daromadni oshirish imkoniyati
Talablar
- Savdo sohasida tajribaga ega bo‘lishi
- Mijoz bilan professional muloqot qila olishi
- Mahsulotni tushuntirish va sotuvni yakunlay olish qobiliyati
- Kompyuterda mustaqil va yaxshi ishlay olishi
- Telefon, Telegram va boshqa aloqa vositalari orqali mijozlar bilan ishlay olishi
- Buyurtmalar va mijozlar bilan ishlashda tartibli bo‘lishi
- Tez o‘rganadigan, chaqqon va tashabbuskor bo‘lishi
- Mas’uliyatli va ishga jiddiy yondashishi
- Xushmuomala, kirishimli va savodli gapira olishi
- Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli va ozoda bo‘lishi
- Yosh: 18–35 yosh
Ish vaqti
- 08:30 – 18:00, Dushanba – Shanba
Agar sizda savdo tajribasi bo‘lsa, odamlar bilan ishlashni yoqtirsangiz va yaxshi daromad qilishni istasangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz! O‘ziga ishongan va natijaga ishlaydigan menejerlar uchun yaxshi imkoniyat!
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
