Tajribali konsultantlar
Makkadagi hayot MCHJ
4 500 000 – 15 000 000 сум
О работе
Tajribali konsultantlar kerak! (Ayol-qizlar)
Bizga oddiy konsultantlar emas, tajribali konsultantlar kerak. Chunki mijoz ko‘pincha nimani xohlayotganini aniq bilmaydi. Tajribali konsultant esa avvalo uning maqsadini aniqlaydi, imkoniyatlarini baholaydi, byudjeti va vaqtini hisobga oladi. Keyin unga shunchaki xizmat taklif qilmaydi, balki eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi.
‼️Bizni faoliyat nimadan iborat? “Makkadagi hayot MCHJ” — Saudiya Arabistonida joylashgan universitet va akademiyalar bilan ishlovchi, O‘rta Osiyodagi eng yirik qonuniy tashkilot.
Talablar
- Kamida 6 oylik tajribaga ega bo‘lish kerak
- Doimiy Toshkent shahrida turishi
- O‘rangan hijobda bo‘lishi
- O‘zbek tilida chiroyli va ravon gapirish
- Xushmuomala va energiyaga to'la bo'lish
- Yangi bilimlarni tez o‘rganishga tayyor bo‘lish
- Doimiy rivojlanish va o‘sishga intilish
- 18-25 yosh oralig'i
- Halol va hiyonat qilmaydigan bo’lishi kerak
- Rus tilini bilsa afzal ko’riladi
- Oldin konsalting agentliklarida ishlagan bo’lsa ham afzal ko’riladi
- Ma’suliyat, sabr, tartib-intizom, tahliliy fikrlash, halollik, chiqishimlilik, stressga chidamlilik.
Vazifalar
- Mijozlar bilan bog‘lanib, ma'lumot berib, ofisga yo'naltirish va sotuv qilish
- Telegram va Telefon orqali mijozlarning hamma savollariga javob berish.
- Ishga vaqtida kelish va intizomli bo’lish
Taklif
- Raxbarlik lavozimiga chiqish
- Xar bir sotuvdan 20$ gacha bonus
- Ofis hissobidan tushlik
- O'z vaqtida oylik doimiy mijozlar oqimi
- Shinam ofis, yaxshi muxit
Maosh tafsiloti
- Maosh: 4 500 000 - 15 000 000 so'm (Maosh+Bonus sifatida beriladi)
Ish vaqti
- 9:00 - 19:00 gacha (ofisda)
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
