Ta'minotchi (mebel furnituralari)
5 000 000 сум
В пределах рынка
О работе
Mebel ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan korxonaga Ta'minotchi ishga taklif qilinadi. 2024-yilda tashkil etilgan kompaniyamiz O‘zbekiston bo‘ylab yumshoq mebel ishlab chiqaruvchilari uchun mebel furnituralarini yetkazib berish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Kompaniya faol ravishda rivojlanib, filiallar sonini kengaytirib bormoqda.
Vazifalar
- Korxona uchun yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni o‘z vaqtida joylashtirish
- Logistika jarayonlarini to‘liq yuritish: yetkazib berishlarni tashkil etish, muddatlarni nazorat qilish, transport xarajatlari va marshrutlarni optimallashtirish
- Yangi yetkazib beruvchilarni izlash, narx va hamkorlik shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda shartnomalar tuzish
- Sotuv bo‘limi va ombor bilan hamkorlikda mahsulot ehtiyojlarini prognoz qilish
Talablar
- Ta'minot sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
- Excel va Google Sheets dasturlaridan erkin foydalanish
- Natija va muddatlarga mas'uliyat bilan yondashish
- Ingliz tillarini bilish
- Import va tashqi iqtisodiy faoliyat (VED) bo‘yicha tajriba ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati
- Filiallar tarmog‘i kengayishi bilan birga professional o‘sish imkoniyati
- Ahil jamoa va rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
- Turli ijtimoiy paketlar (jumladan sport zal abonementi)
- Kompaniya hisobidan o‘qitish va malaka oshirish
Maosh tafsiloti
- Fix + KPI (5 000 000 so'm + 5 000 000 so'm bonus)
Ish vaqti
- 6/1, 09:00 - 18:00
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
