Sotuvchi-konsultant

Sotuvchi-konsultant

8 000 000 – 12 000 000 сум

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Рабочее время:06:00-18:00
Пол:Не важно

О работе

Abu Sahiy bozoridagi tikuvchilik furniturasi ulgurji do'koni (ip, tugma, zamok, dublerin, flizelin, tasma, rezinka, qaychi) sotuvchi-konsultant qidiryapti. Mijozlarimiz — atelyelar, tikuv sexlari va chakana sotuvchilar. Ular donalab emas, pachka va karobka bilan oladi.

Maosh tafsiloti

  • Oylik: 8 000 000 — 12 000 000 so'm (qo'lga)
  • Aynan tikuvchilik furniturasida 2 yil tajribangiz bormi? Birinchi oy — 8 000 000 so'm. Kunlik stavkali «sinov muddati» yo'q.
  • Savdoda tajribangiz bor, lekin boshqa sohada? Birinchi oy — ish kuniga 200 000 so'm, taxminan 5 000 000 so'm.
  • Ikkinchi oydan — savdodan foiz. Kutilmagan gap bo'lmasin deb faktni aytamiz: avgustda eng kuchli sotuvchimiz foizdan 9 million topdi, qolganlarida 5–6 million chiqdi. Yuqori chegara 12 million — bu bizda hech kim sotmaganchalik sotsangiz. Qancha sotsangiz, shuncha olasiz.

Vazifalar

  • Mijozga maslahat berish, kerakli tovarni tanlashga yordam berish.
  • Sotish, narx aytish, xaridni kassadan o'tkazish.
  • Javonlarni to'ldirish, vitrinada tartib saqlash.
  • Tovar kelganda qabul qilish va joylashtirishga yordam berish.

Ish vaqti

  • Haftada 6 kun, 06:00 dan 18:00 gacha · dam olish — dushanba.
  • Do'kon obedga yopilmaydi: navbat bilan, bir-biringizni almashtirib ovqatlanasiz.
  • Ish vaqtida do'kon sotuvchisiz qolmaydi — chiqishingiz kerak bo'lsa, ogohlantirasiz.

Talablar

  • Savdoda tajriba shart. Kamida 3 oy, 8 million stavka uchun esa — tikuvchilik furniturasida 2 yil. Tajribani oddiy tekshiramiz: qayerda ishlagansiz, aynan nima sotgansiz deb so'raymiz va oldingi rahbaringizning telefonini so'raymiz.
  • To'liq bandlik. O'qish bilan qo'shib bo'lmaydi: kun 6:00 da boshlanadi, sirtqi ta'lim ham to'g'ri kelmaydi.
  • Vaqtga rioya. Kech qolish va ish kunini qoldirish qattiq nazorat qilinadi — bu asosiy talab.
  • Toshkentda, Abu Sahiy bozoriga yaqin yashash. Yangiyo'l yoki Zangiota ham bo'ladi: uzoq tumanlardan ertalab 6 ga yetib kelib bo'lmaydi.

Выше рынка

Эта вакансия · до 12 млн
2млнминимум
5млнсреднее
10+млнмаксимум
ID 85993

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте