Sotuv operatori (stomatologiya mahsulotlari)
В пределах рынка
О работе
Hudud: Andijon. Bizga qanday SOTUV OPERATORI kerak? Bizga shunchaki telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beradigan operator kerak emas. Bizga mijozning ehtiyojini tushunadigan, mahsulotni to‘g‘ri taqdim eta oladigan va suhbatni real sotuvga aylantiradigan mutaxassis kerak. FORDENT DENTAL SHOP — stomatologiya mahsulotlari va uskunalarini taklif qiluvchi kompaniya. Bizning maqsadimiz shunchaki mahsulot sotish emas, balki stomatologlar va klinikalar uchun ishonchli hamkorga aylanish.
Talablar
- 25-yoshdan 35 yoshgacha AYOL va Qizlar
- Sotuv mahorati: Kamida 6 oydan kam bo'lmagan Call-Markazda tajriba
- Mijozga O'z fikrini sota olish qobilyati
- Lidlar bilan ishlash qobilyati
- Telefon orqali muzokara muloqot qilish darajasi: mijoz bilan ishonchli, ravon va professional suhbat olib borish
- O‘rganishga tayyorlik, tez ma'lumotlarni o'rganib olishlik: stomatologik mahsulotlar, uskunalar va ularning afzalliklarini tez o‘zlashtirish
- Raqamli savodxonlik: Telegram, telefon va boshqa aloqa kanallari orqali mijozlar bilan ishlash, Excel yoki Google Sheets’da ma’lumotlarni yurita olish
- Sun’iy intellektdan foydalanish: ChatGPT kabi vositalar yordamida ish jarayonini tezlashtirish va mijozlar bilan ishlash sifatini oshirish
- Mas’uliyat va intizom: mijoz murojaatlarini nazoratsiz qoldirmaslik, qayta aloqaga chiqish va berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish
- Natijaga yo‘naltirilganlik: faqat qo‘ng‘iroqlar soni bilan emas, balki sotuv, konversiya va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar orqali natija ko‘rsatish
- Jamoada ishlash: jamoa bilan hamjihat bo'lish, farosatli bo'lish, stresslarga chidamli bo'lish, rahbar, hamkasblar va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish hamda umumiy maqsad sari harakatlanish
- Tashabbuskorlik: muammoni kutib o‘tmasdan, yechim taklif qilish va o‘z ustida muntazam ishlash
Imtiyozlar
- Fiksa 4.000.000 so'm undan tashqari KPI
- Sotuv va muzokara ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati
- Stomatologiya sohasi va mahsulotlari bo‘yicha bilim olish
- Natijaga qarab aniq belgilangan har bir sotuvdan 2% KPI
- Professional ROP, HR bilan ishlash imkoniyati
- Professional jamoada ishlash va karyera o‘sishi hamda Jamoaviy Teambuldinglar
- Bepul tushlik kompaniya tomonidan
Maosh tafsiloti
- Fiksa: 4.000.000 so'm
- Har bir sotuvdan 2% KPI
Ish vaqti
- 11:00-19:00
- Dushanba–Shanba
Eslatma
Biz uchun eng muhimi — sizning yoshingiz yoki diplomingiz emas, balki o‘rganishga ishtiyoqingiz, mijoz bilan ishlash mahoratingiz, mas’uliyatingiz va natija ko‘rsata olishingiz. Maslahat qilib Rezyume bilan Murojaat qiling. Agar siz oddiy operator bo‘lib qolishni emas, kuchli sotuv mutaxassisiga aylanishni istasangiz, FORDENT DENTAL SHOP jamoasiga qo‘shiling!
В пределах рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
