Sotuv operatori
- Русский
О работе
Toshkent JEWELRY kompaniyasi sotuv operatorlarini jamoasiga taklif qiladi!
Toshkent JEWELRY — tilla-taqinchoqlar savdosi va nasiya asosida xarid qilish xizmatlari bilan shug'ullanuvchi kompaniya.
Bizga mijozlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan, sotuvga qiziqadigan va yuqori daromad qilishni istaydigan faol yigitlar kerak!
Vazifalar
- Tayyor mijozlar bazasi bilan telefon orqali ishlash
- Mijozlarga tilla-taqinchoqlar haqida ma'lumot berish
- Nasiya shartlari va xarid imkoniyatlarini tushuntirish
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos taklif berish
- Mijozni xarid qilishga qiziqtirish
- Mijozni filial/do'konga tashrif buyurishga jalb qilish
- Mijozlar bilan muntazam qayta aloqa olib borish
- CRM tizimiga barcha ma'lumotlarni kiritish
- Sotuv natijalari bo'yicha kunlik hisobot topshirish
Talablar
- Avval operator bo'lib ishlagan bo'lishi kerak
- Sotuvga qiziqishi bor
- Telefon orqali erkin va ishonchli gaplasha oladigan
- Mijozni ishontira oladigan
- Faol va natijaga intiladigan
- Mas'uliyatli va intizomli
- Xushmuomala va kommunikativ
- Tez o'rganadigan
- O'z ustida ishlashga tayyor
- Kompyuterda ishlay oladigan (Telegram, Excel, Google Drive, CRM)
- Rus tilida gaplasha olishi — afzal
- Sotuv yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo'lsa — afzal
- Universitetda o'qimaydigan va boshqa ishda ishlamayotgan bo'lishi kerak
Imtiyozlar
- Oylik: 37 000 000 so'mgacha
- Fiks oylik + sotuvdan bonus
- Daromadning yuqori chegarasi sizning natijangizga bog'liq!
- 1 hafta sinov muddati
- Kuchli jamoada ishlash
- Sotuv bo'yicha trening va rivojlanish
- Karyera o'sishi imkoniyati
- Yuqori natija ko'rsatgan xodimlarga qo'shimcha rag'batlar
- Sotuv sohasida kuchli tajriba orttirish imkoniyati
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00
- Ish formati: Offline — ofisda
Eslatma
Murojaat uchun avval o'zingiz haqingizda ma'lumot tashlab keyin yozing.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
