Sotuv operatori

Sotuv operatori

Kamerachi.uz

3 000 000 – 5 000 000 сум

Откликнулись всего 6 человек, будьте среди первых!

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Рабочее время:09:00-18:00
Пол:Не важно

О работе

Yaxshi sotuvchilar ish qidirmaydi. Biz ularni qidiramiz.

Siz odamlar bilan gaplashishni yoqtirasizmi?
Sizda ishontirish qobiliyati bormi?
Har bir suhbatni natijaga aylantirishni o‘rganishni xohlaysizmi?

Unda KAMERACHI UZ jamoasi sizni kutmoqda.

Kompaniya haqida:

Biz O‘zbekiston bo‘ylab videokuzatuv kameralari va xavfsizlik tizimlari sohasida faoliyat yurituvchi rivojlanayotgan kompaniyamiz. Hozir jamoamizga mijozlar bilan samarali muloqot qila oladigan, sotuvni o‘rganishga va yuqori natijalarga erishishga intiladigan yigitlarni taklif qilamiz.

Bizning afzalliklarimiz:

  • Sotuv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantirish imkoniyati.

  • Tajribali va professional jamoa bilan ishlash.

  • Natijangizga qarab daromadingizni muntazam oshirish imkoniyati.

  • Kuchli sotuv mutaxassisi sifatida o‘sish va martaba qilish imkoniyati.

Qadriyatlarimiz:

  • Halollik va ishonch.

  • Mas'uliyat va tezkorlik.

  • Jamoaviy ishlash.

  • Mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish.

Ish sharoitlari:

  • Oylik: 3,000,000 so‘m.

  • KPI: 2,000,000 so‘mgacha.

  • Sotuvdan foiz va bonuslar.

Talablar:

  • Sotuv bo‘yicha treninglarda qatnashgan yoki sotuvga oid kitoblar o‘qigan bo‘lishi.

  • AMO CRM yoki Bitrix24 dasturlarida ishlash ko‘nikmasi.

  • Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirishi.

  • Fikrini ravon va aniq ifodalay olishi.

  • Ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lishi.

  • Kamera va xavfsizlik tizimlariga qiziqishi.

  • O‘rganishga ochiq va rivojlanishga intiladigan yigitlar.

Vazifalar:

  • Mijozlar bilan telefon orqali muloqot qilish.

  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos yechim taklif qilish.

  • Kompaniya xizmatlarini professional tarzda taqdim etish.

  • Belgilangan sotuv ko‘rsatkichlariga erishish.

Biz sizga taqdim etamiz:

  • Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

  • Doimiy o‘qish va rivojlanish muhiti.

  • Shaffof bonus tizimi.

  • Barqaror ish va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyati.

Agar siz:

  • O‘rganishga va natija qilishga tayyor bo‘lsangiz.

  • Daromadingizni o‘zingiz boshqarishni istasangiz.

  • Kuchli sotuvchi bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz.

Unda sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Katta natijalar kichik bir qarordan boshlanadi. Balki bugungi qaroringiz yangi imkoniyatlaringizning boshlanishi bo‘lar.

В пределах рынка

Эта вакансия · до 5 млн
1,5млнминимум
4,8млнсреднее
19+млнмаксимум
ID 60029

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте