Sotuv Operatori
Выше рынка
2 500 000 – 12 000 000 сум
Откликнулись всего 15 человек, будьте среди первых!
О работе
"Elegan Generator" kompaniyasiga Sotuv Operatori lavozimiga taklif etamiz!
Kompaniyamiz Xitoydan yuqori sifatli generatorlarni olib kelish, o‘rnatish va servis xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Biz o‘z jamoamizda g‘ayratli va o‘sishga intiluvchan sotuv operatorlarini izlayapmiz!
Sizning vazifalaringiz:
• Mijozlar bilan telefon orqali professional muloqot olib borish.
• Telefon orqali premium (qimmat) mahsulotlar sotuvini amalga oshirish.
• Qiziqish bildirgan mijozlarni do‘konimizga (shourumga) kelishlarini tashkil qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Yoshi: 18 yoshdan 28 yoshgacha (Erkak yoki Ayol).
• Yashash joyi: Toshkent shahrida yashashi shart.
• Til bilimi: O‘zbek tilida mukammal va ravon gaplasha olish (Rus yoki Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi).
• Qo‘shimcha afzallik: Texnika sohasidan xabardorlik hamda generatorlar quvvati (kilovatt/klovat) haqida boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lish katta ustunlik beradi.
• Ish tajribasi: Muhim emas! Agar sizda sotuv bo‘yicha tajriba bo‘lmasa, barcha sirlarni o‘zimiz noldan boshlab bepul o‘rgatamiz.
Biz nimalarni taklif qilamiz?
• Kuchli va do‘stona jamoa.
• Yuqori daromad topish imkoniyati (daromadingiz faqat o‘zingizga bog‘liq).
• Sotuv sohasi bo‘yicha professional tajriba va o‘sish.
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
