Sotuv menejeri (Oflayn)

Sotuv menejeri (Oflayn)

ENGLIFY

5 000 000 – 14 000 000 сум

Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Рабочее время:11:00-20:00
Пол:Не важно
Возраст:18 – 27
Обязательные языки:Английский

О работе

Karyerangizni Englify bilan birga quring!

"ENGLIFY"— ingliz tilini zamonaviy va interaktiv metodikalar orqali o‘rgatadigan innovatsion onlayn maktab va mobil platforma. Bugun biz jamoamizga mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga intiladigan "Sotuv menejer"larini taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Raqam qoldirgan mijozlar bilan tezkor aloqa o‘rnatish
  • Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos yechim taklif qilish
  • Englify mahsulotlari va xizmatlari haqida aniq hamda professional ma’lumot berish
  • Mijozlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va sotuv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash

Talablar

  • Ingliz tilini B2 darajada yoki undan yuqori bilsangiz
  • 18–27 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz
  • Operator yoki sotuv sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz (ustunlik beriladi)
  • Kuchli muloqot qobiliyatiga ega bo‘lsangiz
  • Chaqqon, mas’uliyatli va intizomli bo‘lsangiz
  • O‘sishga va natijaga intilsangiz

Imtiyozlar

  • Zamonaviy va professional ish muhiti
  • O‘sib borayotgan kuchli jamoa
  • Karyeraviy rivojlanish imkoniyati
  • Bilim va ko‘nikmalarni doimiy rivojlantirish
  • Natijaga munosib rag‘bat va daromad

Maosh tafsiloti

  • 5 000 000 – 14 000 000 so‘m
  • Fiksatsiyalangan maosh + KPI tizimi
  • Daromadingiz sizning natijalaringiz, faolligingiz va rivojlanishingizga bog‘liq

Ish vaqti

  • 11:00 – 20:00

Eslatma

Agar siz katta maqsadlarga intilsangiz, mas’uliyatdan qo‘rqmasangiz va o‘z salohiyatingizni to‘liq namoyon etishni istasangiz, biz sizni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Murojaat uchun quyidagi havolaga o'ting: https://hr.englify.uz/apply/42?lang=uz

Выше рынка

Эта вакансия · до 14 млн
2млнминимум
6,8млнсреднее
15+млнмаксимум
ID 58419

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии — Город Ташкент