Sotuv menejeri (high-ticket) — Asror Iskandarov jamoasi
О работе
Sotuv menejeri (high-ticket) — Asror Iskandarov jamoasi
Oylik: 8 000 000 dan 20 000 000 so'mgacha (fix + KPI)
Talab qilinadigan tajriba: 1–3 yil | Bandlik: to'liq, ofisda (Toshkent)
Assalomu alaykum!
Diqqat! Vakansiya 15-avgust kunigacha ochiq!
Biz — Asror Iskandarov jamoasi. Asror Iskandarov — O'zbekistondagi eng yirik shaxsiy brend va sotuv bo'yicha ekspertlardan biri, Instagram'da 760K dan ortiq auditoriya, "Instavibe" va boshqa loyihalar asoschisi. Uning kurslarini minglab o'quvchilar o'tgan va natija qilgan.
Hozir biz rekord zapuskka tayyorgarlik ko'ryapmiz — va bu O'zbekiston infobiznesidagi eng katta loyihalardan biri bo'ladi.
Nega vakansiya ochildi: Yangi zapuskda biz cheklari 10 million so'mdan 4000 dollargacha bo'lgan premium mahsulotlarni sotamiz. Bunday hajmni ko'tarish uchun bizga kuchli, natijaga och va katta pul ishlashni xohlaydigan sotuvchilar kerak.
Biz sizga taklif qilamiz:
- O'rtacha oylik daromad: 8 000 000 — 20 000 000 so'm (fix + KPI) — birinchi oydan boshlab; plandan oshganlar uchun alohida bonus tizimi
- 7 kunlik professional o'qitish — aynan high-ticket sotuv va shaxsiy brend produkti bo'yicha: sotuv psixologiyasi, script, amaliyot
- Jamoa rahbarining shaxsiy tajribasi: 5 000 dollardan 30 000 dollargacha bo'lgan kurs va xizmatlarni sotish amaliyoti jarayonda sizga o'rgatiladi
- Har kuni — biznes, mindset, sotuv va marketing bo'yicha treninglar: siz shunchaki ishlamaysiz, har kuni o'sasiz
- Faqat issiq va iliq leadlar — sovuq baza yo'q: mijozlar Asror Iskandarov kontenti orqali o'zi keladi
- Tayyor tizim: amoCRM, scriptlar, kunlik razborlar — siz faqat sotasiz
- Ish grafigi: 6/1, 09:00–19:00, Toshkent shahridagi qulay ofis
- Yosh, natijaga qaraydigan, "noliydiganlar"siz jamoa
- Eng yaxshi natija ko'rsatganlar uchun sovg'alar, musobaqalar va kompaniya ichida 3-4 oyda o'sish imkoniyati (kuchli sotuvchilar keyingi loyihalarda ROP bo'lib chiqadi)
Nima qilasiz:
- Kirib kelgan issiq leadlarni qayta ishlash (anketa, vebinar, konsultatsiyadan kelganlar)
- Script bo'yicha ishlash va mijoz kvalifikatsiyasi
- Zoom-razbor va telefon orqali premium tariflar sotuvi
- amoCRM'da bitimlarni yuritish (o'rgatamiz)
Kandidatda bo'lishi kerak:
- Telefon sotuvida tajriba (1 yildan) — high-ticket tajriba shart emas, o'rgatamiz
- Kompyuterda ishonchli ishlash (CRM, Google Sheets — afzallik)
- Energiya, o'ziga ishonch, mijozni eshita olish (script bo'yicha ishlab, lekin miyani o'chirmasdan)
- O'sishga va katta daromadga ochlik
- Toshkentda yashash, 09:00-19:00 full-time ishlay olish
Agar oxirigacha o'qib, "bu vakansiya men uchun" degan bo'lsangiz. Otklik yuborishda xatga Asror Iskandarovning Instagram'dagi obunachilar sonini aniq yozing va nega aynan siz jamoada bo'lishingiz kerakligiga 3 ta sabab keltiring. Shundan keyin quyidagi anketani to'ldiring — menejerlarimiz 24 soat ichida siz bilan bog'lanadi:
https://vakansiyainstavibe.netlify.app
Diqqat! Vakansiya 15-avgust kunigacha ochiq!
Muvaffaqiyatlar va suhbatgacha ko'rishguncha!
CRM: amoCRM
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
