Sotuv menejeri (Alif Academy)
Обычная зарплата для этой роли
Alif Academy
Зарплата: Договорная
Откликнулись всего 10 человек, будьте среди первых!
О работе
Jadal rivojlanayotgan Alif Academy jamoasiga savdoga qiziqishi baland, daromadini o'zi belgilashni istagan faol Sotuv menejerlarini qidirmoqdamiz!
Vazifalar
- Kurslar bo'yicha tushgan issiq lidlar (so'rovlar) bilan ishlash va qo'ng'iroqlar qilish
- Mijozlarga kurslar haqida to'liq ma'lumot va to'g'ri konsultatsiya berish
- E'tirozlar bilan ishlash va savdoni muvaffaqiyatli yakunlash
- Mijozlar bilan ishlash tarixini CRM tizimida yuritish
Talablar
- Savdo yoki mijozlar bilan muloqotda tajribangiz bo'lsa, bu katta ustunlik beradi
- O'zbek tilida ravon, chiroyli va savodli so'zlasha olish
- Muloqotga ochiq, kirishimli va natijaga yo'naltirilganlik
- Doimiy o'rganishga va yuqori daromad topishga bo'lgan kuchli ishtiyoq
Imtiyozlar
- Tajribangiz bo'lmasa ham, o'zimiz noldan o'rgatamiz!
- Talabalar ham bemalol topshirishi mumkin
- Tayyor issiq mijozlar oqimi
- Do'stona yoshlar jamoasi va noldan kuchli mutaxassis bo'lish imkoniyati
- Chorsu hududida joylashgan barcha qulayliklarga ega ofis
Maosh tafsiloti
- Daromad: sotuvdan yuqori foizlar/bonuslar (KPI)
- 1 oyda 100 ta sotuv uchun 5 000 000 so'm
Ish vaqti
- 08:00 dan 20:00 gacha
- Talabalar uchun ish vaqti: 14:00 dan 22:00 gacha
- Talabalar uchun moslashuvchan, qulay grafik: 14:00 dan 22:00 gacha, 08:00 dan 17:00 gacha
Eslatma
Agar bu vaqt sizga to'g'ri kelmasa, iltimos, qo'ng'iroq qilmang!
Diqqat, nomzodlar uchun muhim shartlar:
- Bekorga vaqt olmang. Qo'ng'iroqni faqat chindan ishlash niyatingiz bo'lsagina qiling.
- Bir vaqtning o'zida 5–10 ta ishga ariza topshirib, hammasiga suhbatga borib, 'tanlayman' deb yurmang. Bizda ish beruvchi sizni tanlaydi.
Ariza qoldirish uchun: O'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot yoki rezyumeni (CV) yuboring.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
