Sotuv bo‘limi rahbari (ROP)
О работе
Sotuv bo‘limi rahbari (ROP)
Ishlab chiqarish korxonamizga sotuv jarayonini yaxshi tushunadigan, jamoani boshqara oladigan va hisob-kitoblar bilan ishlashni biladigan mas’uliyatli xodimni ishga taklif qilamiz.
Talablar
-
Ishlab chiqarish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
-
Sotuv bo‘limi yoki jamoani boshqarish tajribasi;
-
Sotuv menejerlari va operatorlar ishini boshqarish va nazorat qilish qobiliyati;
-
SM, MM va m² (kvadrat metr) hisob-kitoblarini bilish;
-
Buyurtmalar, mahsulot o‘lchamlari va hisob-kitoblar bilan ishlay olish;
-
MS Office va Google Sheets dasturlaridan kamida o‘rta darajada foydalana olish;
-
Hisob-kitoblarda aniqlik va mas’uliyat;
-
Tartibli, talabchan va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Vazifalar
-
Sotuv bo‘limi, menejerlar va operatorlar ishini boshqarish;
-
Jamoa faoliyatini tashkil qilish va nazorat qilish;
-
Kassa jarayonlarini boshqarish va nazorat qilish;
-
Kunlik savdo va qoldiq hisobotlarini nazorat qilish;
-
Kunlik qoldiq hisobini yuritish va nazorat qilish;
-
Buyurtmalar va hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshirish;
-
Sotuv va ishlab chiqarish bo‘limlari o‘rtasidagi ish jarayonini muvofiqlashtirish;
-
Sex boshlig‘ining ish jarayoni bilan bog‘liq topshiriqlarini bajarish.
Ish sharoitlari
-
Ish jadvali: 6/1
-
Ish vaqti: 09:00–19:00
-
Tushlik: kompaniya hisobidan
-
Sinov muddati: 2 oy
-
Sinov muddatidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilinadi.
Ish haqi
5 000 000 so‘mdan boshlab va undan yuqori.
Yakuniy ish haqi nomzodning tajribasi, bilim va ko‘nikmalari hamda ish natijalariga qarab suhbat davomida kelishiladi. Daromad o‘sishi natijaga bog‘liq.
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
