Sotuv bo'limi mutaxassisi (Sales Manager)
Ниже рынка
О работе
🚀 Sotuv bo'limi mutaxassisi (Sales Manager) qidiryapmiz! Siz B2B sotuvlar va infoproduktlar sohasida tajribaga egamisiz? Mamlakatimizning eng kuchli tadbirkorlari va TOP-menejerlari bilan bir davrada muloqot qilib, yuqori daromad topmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat siz uchun! Fikr yetakchilari — 350+ yetakchi tadbirkorlarni, biznes egalarini va soha ekspertlarini bir joyga jamlagan hamjamiyat va ta'lim platformasidir.
Talablar
- Muloqot mahorati: Biznes egalari (tadbirkorlar) bilan erkin va ishonchli muloqot qila olish
- Sotuv tajribasi: Infoproduktlar, ta'lim dasturlari yoki B2B xizmatlarni sotish tajribasiga ega bo'lish (infoprodukt sotganlarga alohida ustunlik beriladi)
- Qiziqish: Biznes, sotuv, ta'lim va zamonaviy tendensiyalarga chin dildan qiziqish
- Natijadorlik: E'tirozlar bilan ishlay olish va bitimni sotuv bilan yakunlash (closing) ko'nikmasi
Vazifalar
- Issiq-sovuq va maqsadli lidlar (tadbirkorlar) bilan muloqot qilish
- Hamjamiyat a'zoligi va infoproduktlarni taqdimot qilish hamda sotish
- CRM tizimida mijozlar bazasini tartibli yuritish
Imtiyozlar
- Daromad: 5 000 000 so'm (Fiks) + sotuvdan KPI va bonuslar
- Rivojlanish: O'zbekistonning TOP tadbirkorlari bilan networking va kuchli jamoada tajriba orttirish
Ish vaqti
- Grafik: 6/1, soat 10:00 dan 18:00 gacha
- Manzil: Toshkent sh., TEAM University binosi
Eslatma
Rezyume yuborishda "Fikr Yetakchilari — Sotuvchi" deb yozib qoldiring.
Ниже рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

