SMM mutaxassisi / Digital marketing mutaxassisi
Обычная зарплата для этой роли
- Узбекский
- Русский
- Английский
О работе
ZAFAR Elektromexanik MChJ — 100% Xitoy kapitaliga ega kompaniya — o'z jamoasiga internet-marketing va kompaniyani targ'ib qilish bo'yicha mutaxassisni ishga taklif qiladi. Bo'sh ish o'rni: 1 nafar xodim. Ish shakli: To'liq ish kuni.
Vazifalar
- Kompaniyaning Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish va rivojlantirish
- Instagram Reels, reklama roliklari va boshqa videokontentlarni yaratish hamda montaj qilish
- Kompaniyaning rasmiy veb-saytini yaratish, yuritish va yangilab borish
- Reklama materiallari, foto va videokontentlar tayyorlash
- Internet orqali kompaniya xizmatlari va brendini targ'ib qilish
Talablar
- O'rta maxsus yoki oliy ma'lumot
- Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan yaxshi foydalana olish
- Video montaj qilish va sifatli kontent yaratish ko'nikmalariga ega bo'lish
- Veb-sayt yaratish va yuritish ko'nikmalariga ega nomzodlarga ustunlik beriladi
- O'zbek, rus va ingliz tillarini bilish qo'shimcha ustunlik hisoblanadi
- Ijodkor, mas'uliyatli va tashabbuskor bo'lish
Imtiyozlar
- 100% Xitoy kapitaliga ega xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati
- Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari
- Yuqori natijalarga erishgan xodimlar uchun Xitoyda professional trening va malaka oshirish imkoniyati
- Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari va ish tajribasiga ega bo'lmagan, ammo zarur ko'nikmalarga ega nomzodlar ham ko'rib chiqiladi
Maosh tafsiloti
- Ish haqi: Suhbat davomida kelishiladi, nomzodning bilim va tajribasiga qarab belgilanadi
Eslatma
Murojaat qilganda rezyume (CV) va avval tayyorlangan videolar, Reels yoki veb-sayt namunalarini yuborish tavsiya etiladi.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
