SMM mutaxassisi
Обычная зарплата для этой роли
О работе
Frateli Premium Group jamoasiga SMM mutaxassisi izlayapmiz. Bizda bir nechta fashion va sport brendlari bor va bizga ularni ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli va qiziqarli ko‘rsata oladigan inson kerak.
Vazifalar
- Brendlar uchun kontent-reja tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish
- Foto va video kontent olish, Reels montaj qilish
- Stories va postlar uchun vizual hamda matnlar tayyorlash
- Direct va izohlardagi murojaatlarga javob berish
- Kontent yaratish uchun do‘konlarga muntazam borish
- Marketing Manager bilan birgalikda marketing rejasi asosida ishlash
Talablar
- Bu vakansiyada biz uchun necha yil ishlaganingizdan ko‘ra nima qila olishingiz muhimroq
- SMM bo‘yicha amaliy tajribangiz va ko‘rsatadigan ishlaringiz bo‘lishi kerak
- Telefon orqali sifatli kontent ola bilishingiz kerak
- Video montaj va oddiy dizayn dasturlarida ishlay olishingiz kerak
- Fashion yoki retail tajribasi bo‘lsa — yaxshi. Bo‘lmasa ham ko‘rib chiqamiz
- Vizual did va kuzatuvchanlik
Ish vaqti
- Farg‘ona, oflayn
Eslatma
Rezyume bilan birga portfolio yoki o‘zingiz yuritgan sahifalarni ham yuboring.
P.S. Agar SMM siz uchun faqat tayyor rasmga matn yozib, post joylashtirish bo‘lsa — bu vakansiya sizga mos kelmaydi.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
