SMM / Marketing Menejer

SMM / Marketing Menejer

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Пол:Не важно
Обязательные языки:
  • 🇺🇿Узбекский
  • 🇬🇧Английский
Желательные языки:
  • 🇷🇺Русский

О работе

Til talablari: O‘zbek tili - mukammal darajada, ingliz tili - mukammal darajada. Rus tilini bilish ustunlik beradi.

Biz haqimizda:
Xalqaro kompaniyamiz jamoasiga tajribali SMM / Marketing Menejer qidirmoqdamiz. Bizga shunchaki ijtimoiy tarmoqlarga post joylashtiradigan emas, balki marketing strategiyasini ishlab chiqadigan, kreativ kontent yaratadigan, reklama kampaniyalarini boshqaradigan va real savdo natijalariga erisha oladigan mutaxassis kerak.

Asosiy talablar:

  • SMM / Digital Marketing sohasida kamida 1 yil tajriba;

  • Maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil qilish;

  • Savdoni oshirishga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish;

  • Instagram, Facebook, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash tajribasi;

  • Har bir platforma uchun maqsad, KPI va aniq natijalarni belgilash;

  • Reels, video, foto va boshqa kreativ kontentlarni yaratish va montaj qilish;

  • Video suratga olish va tahrirlashni bilish;

  • AI yordamida kontent yaratish vositalaridan foydalana olish;

  • Target reklama, auditoriya segmentatsiyasi, lead va konversiya tushunchalarini bilish;

  • Kreativ, faol, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.

Asosiy maqsad:
Ijtimoiy tarmoqlar va reklama orqali kompaniya savdosini oshirish.

Sizning vazifalaringiz:

  • Maqsadli auditoriyani aniqlash;

  • Kuchli kontent strategiyasini ishlab chiqish;

  • Samarali reklama kampaniyalarini yaratish va boshqarish;

  • Reach, engagement, lead va savdo ko‘rsatkichlarini oshirish;

  • Marketing maqsadlari va KPIlarni belgilash;

  • Reklama natijalarini tahlil qilish va optimallashtirish;

  • Mijozlarni jalb qiladigan va savdoga olib keladigan kontent yaratish;

  • Savdoni oshirish uchun aniq marketing rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tajriba va portfolio:
Tajriba biz uchun muhim. Ariza topshirishda quyidagilarni yuborishingiz kerak:

  • CV / Rezyume;

  • Portfolio;

  • Avval boshqargan Instagram, TikTok yoki Facebook sahifalaringiz;

  • Eng yaxshi Reels, videolar va boshqa kontent namunalari;

  • Muvaffaqiyatli reklama kampaniyalaringiz namunalari;

  • Erishgan natijalaringiz: savdo, lead, reach, engagement, followerlar va boshqalar;

  • Savdoni qanday oshirishingiz haqida qisqa marketing rejangiz.

Muhim:
Tajribasiz nomzodlardan murojaat qilmasliklarini so‘raymiz.

Biz o‘ylay oladigan, yarata oladigan, strategiya tuza oladigan, amalga oshiradigan, tahlil qila oladigan va real natija keltira oladigan mutaxassisni qidirmoqdamiz.

В пределах рынка

Эта вакансия · ≈7 млн
3млнминимум
6,5млнсреднее
12+млнмаксимум
ID 76638

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте