Shaxsiy avtomobilga ega kuryerlar
Выше рынка
Эта вакансия · ≈8 млн
3млнминимум
6млнсреднее
15млнмаксимум
Оплата:Ежемесячно
Формат:Сменная
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Пол:Не важно
Возраст:18+
Обязательные языки:Узбекский, Русский
О работе
Korzinka Go Uchtepa ishga taklif qiladi! Shaxsiy avtomobilga ega kuryerlarni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Buyurtmalarni mijozlarga shaxsiy avtomobilingizda yetkazib berish
- Yetkazib berish standartlariga rioya qilish
Talablar
- 18 yoshdan boshlab
- Shaxsiy avtomobil va amaldagi haydovchilik guvohnomasining mavjudligi
- Jamoada ishlashga tayyorlik
- Oʻzbek tilini bilish va rus tilini boshlangʻich darajada tushunish
Imtiyozlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- Ish haqini oyiga 2 marta bank kartasiga toʻlash
- Kasallik varaqalari, mehnat taʼtili uchun toʻlov hamda moddiy yordam
- Kuniga 2 mahal bepul issiq ovqat
- Oʻzbekiston OTMlaridagi kontrakt toʻlovini qoplashda yordam (1 yil ishlagandan soʻng)
- Ish tajribasi talab etilmaydi — barchasini oʻzimiz oʻrgatamiz
- Barcha ustozlarimiz avval kuryer boʻlib ishlagan
- Korzinka Go bilan birga oʻsish va rivojlanish imkoniyati
- Barcha choychaqalar (tips) 100% sizda qoladi
- Sifatli ish uchun mukofotlar
- Avtomobiliga Korzinka Go reklamasini joylashtirishni istagan kuryerlar uchun bonuslar (brendlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi)
- Farzandlaringiz uchun Yangi yil sovgʻalari
Maosh tafsiloti
- Ish haqi 8 000 000 soʻmdan boshlab
- Daromad soatbay toʻlov, buyurtma uchun toʻlov, bosib oʻtilgan kilometr uchun toʻlov va meʼyordan ortiq vazn uchun qoʻshimcha toʻlovdan shakllanadi
- Tungi smenalar uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi
Ish vaqti
- 6/1 ish jadvali
- Smenani tanlash imkoniyati bilan (ertalabki / kunduzgi / kechki / tungi)
ID 43665
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.


