Senior Flutter dasturchi
О работе
Smartup mobil ilovasini rivojlantirish uchun Senior Flutter dasturchi qidirilmoqda.
Smartup dan har kuni 11 mamlakatda 25 000 dan ortiq savdo agentlari va merchandayzerlar foydalanadi. Ko'pincha internet yo'q sharoitda ishlatishadi. Jamoamizga shunchaki ekran yasaydigan emas, ilova offline holatda qanday o'zini tutishini tushunadigan va arxitektura qura oladigan dasturchi kerak.
Bizga o'z ustida ishlashdan to'xtamaydigan va mas'uliyat olishdan qo'rqmaydigan dasturchilar kerak.
Vazifalar
- Offline-first arxitekturani loyihalash: lokal baza, sinxronizatsiya
- Legacy kodni refraktoring qilish va testlar bilan qoplash
- Kuchsiz (low-end) qurilmalarda ishlash tezligini optimizatsiya qilish
- Talabchan code review va jamoada injenerlik standartlarini ushlab turish
- Middle/junior dasturchilarga mentorlik qilish
Talablar
- Flutter/Dart bo'yicha mustahkam bilim (3–4 yildan ortiq real tajriba)
- BLoC (yoki muqobil yechimlar) va state management'ni chuqur tushunish
- Katta hajmdagi ma'lumotlar va sinxronizatsiya bilan ishlash tajribasi
- Texnik qarorlarni mustaqil qabul qila olish
- Test yozishni "vaqt topilganda" emas, odat sifatida bajarish
Ish vaqti
- Toshkentdagi ofisda, to'liq kun. Sprintlar asosida ishlaymiz.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

