Savdo bo'yicha supervayzer (Farg'ona vodiysi)
Обычная зарплата для этой роли
О работе
Grand Charm Poyabzallari jamoasiga qo‘shiling! Namangan shahridagi yetakchi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi korxona Grand Charm Poyabzallari jamoasini kengaytirmoqda.
Bo‘sh ish o‘rni: Savdo bo‘yicha supervayzer — Farg‘ona vodiysi.
Hudud: Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari.
Talablar
- Yosh: 23–40 yosh
- Supervayzer lavozimida ish tajribasi bo‘lishi shart
- Savdo agentlarini izlash, tanlash va ishga jalb qilish tajribasiga ega bo‘lish
- Savdo agentlari jamoasini boshqarish va nazorat qilishni bilish
- Farg‘ona vodiysi hududini yaxshi bilish
- Savdo rejasini shakllantirish va bajarilishini nazorat qila olish
- Jamoani motivatsiya qilish va natijadorligini oshira olish
- Mijozlar bilan muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish
- Mas’uliyatli, faol, halol va intizomli bo‘lish
- Hisobotlarni yurita olish
- Excel yoki Google Sheets bilan ishlashni bilishi afzallik hisoblanadi
- Farg‘ona vodiysi bo‘yicha xizmat safarlariga chiqishga tayyor bo‘lish
- Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishi afzallik hisoblanadi
- Uzoq muddat ishlash istagiga ega bo‘lish
Vazifalar
- Farg‘ona vodiysi bo‘yicha savdo agentlarini izlash va jamoaga jalb qilish
- Yangi agentlarni ishga moslashtirish va o‘qitish
- Savdo agentlari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish
- Agentlarga hudud va savdo yo‘nalishlarini taqsimlash
- Agentlarning kunlik/haftalik ish natijalarini nazorat qilish
- Savdo rejasining bajarilishini ta’minlash
- Savdo hajmini oshirish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqish
- Yangi mijozlar va savdo nuqtalarini jalb qilish
- Agentlarni motivatsiya qilish va ularning samaradorligini oshirish
- Hududdagi savdo jarayonlarini tahlil qilish va rahbariyatga hisobot taqdim etish
Imtiyozlar
- Maosh — suhbat asosida kelishiladi
- KPI va natijaga qarab bonuslar
- Rasmiy ishga qabul — Mehnat shartnomasi asosida
- Bepul ovqatlanish
- Zamonaviy va qulay ish sharoiti
- Martaba o‘sishi uchun real imkoniyatlar
Ish vaqti
- 6/1 (Juma — dam olish kuni)
Eslatma
Agar siz tajribali supervayzer bo‘lsangiz, savdo agentlarini topish, jamoani boshqarish va yuqori natijalarga erishishga tayyor bo‘lsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
