ROP — Sotuv bo'limi rahbari

ROP — Sotuv bo'limi rahbari

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Рабочее время:08:00-17:00
Пол:Не важно

О работе

iPRO OFFLINE VA ONLINE TELEFON AKSESSUARLARI DŌKONLAR TARMOĞIGA ROP — SOTUV BO‘LIMI RAHBARI KERAK. Biz sotuv bo‘limini tizimli boshqara oladigan, jamoani natijaga olib chiqa oladigan va raqamlar bilan ishlaydigan tajribali ROP izlayapmiz. Agar siz shunchaki sotuvchilarni nazorat qiladigan emas, balki sotuvni o‘stirish uchun sababni topib, yechim joriy qila oladigan rahbar bo‘lsangiz — sizni kutamiz.

Vazifalar

  • Sotuvchilar faoliyatini boshqarish va nazorat qilish
  • Sotuv rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash
  • Sotuv ko‘rsatkichlarini kunlik/haftalik tahlil qilish
  • Sotuv pasayishining sabablarini aniqlash va yechim ishlab chiqish
  • Har bir sotuvchining natijasini individual tahlil qilish
  • Sotuvchilarni o‘qitish, rivojlantirish va motivatsiya qilish
  • KPI tizimini amalda ishlatish
  • Filiallar ish jarayonlarini standartlashtirish
  • Sotuvni oshirish bo‘yicha yangi taklif va mexanizmlarni joriy qilish
  • Rahbariyatga aniq raqamlar asosida hisobot berish

Talablar

  • ROP yoki shunga yaqin rahbarlik lavozimida real tajribaga ega
  • Kamida 1 yil sotuv jamoasini boshqargan
  • Kamida 3–5 nafar sotuvchidan iborat jamoa bilan ishlagan
  • Kamida 2ta filialdan iborat kompaniyada ishlagan
  • Sotuv raqamlari, konversiya, o‘rtacha chek, reja/fakt kabi ko‘rsatkichlarni tushunadi
  • Sotuvchiga topshiriq berish bilan cheklanmay, uning natijasini oshira oladi, hamda kōzlangan rejaga erishadigan
  • Muammoni ko‘rib, sababini tahlil qilib, amaliy yechim topa oladi
  • KPI va motivatsiya tizimini joriy qilib uni amalda qōllaydigan
  • Hisobot berishni va raqamlar bilan ishlashni biladi, google sheetsda mustaqil hisobot yarata oladigan
  • Intizomli, talabchan va mas'uliyatli va qatiyatli
  • O‘z tashabbusiga ega va doimiy rivojlanishga intiladi

Maosh tafsiloti

  • Maosh va bonus tizimi nomzodning tajribasi va natijasiga qarab suhbat davomida belgilanadi. Biz uchun asosiy mezon — natija yaratish qobiliyati.

Ish vaqti

  • 08:00 – 17:00
  • Ish joyi: Angren shahri, Olmaliq shahri. Offis Angren hamda Olmaliqda.

Eslatma

Bizga faqat “xodimlarni boshqargan” rahbar emas, sotuv natijasiga javob bergan ROP kerak. Shuning uchun suhbat davomida sizdan oldingi ish joyingizdagi real natijalar, raqamlar va boshqaruv tajribangiz haqida so‘raladi. Masalan:

  • Siz boshqargan jamoada sotuv qancha edi?
  • Siz kelganingizdan keyin qanday o‘zgarish bo‘ldi?
  • Qanday KPI ishlatgansiz?
  • Sotuv pasayganda qanday choralar ko‘rgansiz?
  • Kuchli va kuchsiz sotuvchilar bilan qanday ishlagansiz?

Ariza qoldirish: O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot va ROP sifatidagi tajribangizni yuboring (Rezyume). Ayniqsa, oldingi ish joyingizda:

  1. Nechta xodimni boshqarganingiz;
  2. Qancha muddat ROP bo‘lib ishlaganingiz;
  3. Qanday sotuv natijasiga javob berganingiz;
  4. Qaysi KPIlar bilan ishlaganingizni yozing.

Faqat real tajribaga ega nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Обычная зарплата для этой роли

3,5млнминимум
10млнсреднее
20млнмаксимум
ID 104231

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкентской области