Quyosh energetikasi sotuv menejeri
О работе
Dovud Energy — quyosh energetikasi sohasida xizmat ko'rsatuvchi kompaniya. Biz xonadonlar, issiqxonalar va ishlab chiqarish korxonalari uchun quyosh stansiyalarini loyihalash, o'rnatish va servis xizmatini bajaramiz. Namangan filialimiz kengaymoqda. Jamoamizga sotuv menejerlarini taklif qilamiz.
Vazifalar
- Mijozlar bilan ishlash: kiruvchi so'rovlarni qayta ishlash va faol mijoz izlash
- Mijoz ehtiyojini aniqlash, obyekt bo'yicha dastlabki maslahat berish
- Texnik bo'lim bilan birgalikda tijorat taklifini tayyorlash va taqdim etish
- Muzokaralar olib borish va bitimni yakunlash
- Shartnoma rasmiylashtirish, montaj bo'limiga topshirish
- Mijoz bilan o'rnatishdan keyingi aloqani saqlash, tavsiyalar orqali yangi mijozlar jalb qilish
- CRM tizimida ishlash va hisobot yuritish
Talablar
- Sotuv sohasida 2 yildan 5 yilgacha amaliy tajriba
- Muzokara olib borish va e'tirozlar bilan ishlash ko'nikmasi
- O'zbek va rus tillarini bilish
- Kompyuter savodxonligi (Excel, CRM)
- Mas'uliyat, mustaqil ishlay olish va natijaga yo'naltirilganlik
- Obyektlarga chiqishga tayyorlik
Afzallik beriladi
- Quyosh energetikasi yoki muhandislik jihozlari sohasidagi tajriba
- B2B sotuv tajribasi (korxona va tadbirkorlar bilan ishlash)
Biz taklif qilamiz
- Oylik maosh 3 mlndan 7 mlngacha tajribaga qarab kelishamiz
- Rasmiy ish joyi
- Ish vaqti: 6/1 [09:00–18:00], dam olish: [yakshanba]
- Mahsulot va sotuv texnikasi bo'yicha bepul o'quv
- Tayyor mijoz oqimi va reklama qo'llab-quvvatlashi
- Tez o'sib borayotgan sohada karyera imkoniyati
Eslatma
Rezyumeningizni shu raqamga Telegram orqali yuboring yoki qo'ng'iroq qiling.
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
