Proyekt menejer
Обычная зарплата для этой роли
О работе
SEGMENT TEAM kompaniyasiga Proyekt menejer kerak. Yo'nalish: Marketing, AI texnologiyalar, IT va ta'lim xizmatlari. Ish turi: Online / Offline (kelishilgan holda). Manzil: Toshkent shahri / ONLINE GRAFIK.
Jamoamiz bir nechta yo'nalishda kompleks xizmatlar taqdim etadi: AI yordamida professional video va kreativ kontentlar yaratish, Content Maker xizmatlari, Targetolog va SMM xizmatlari, video montaj xizmatlari, online va offline ta'lim xizmatlari, sotuv tizimini yaratish va sotuv xizmatlarini yo'lga qo'yish, dasturlash va IT xizmatlari. Siz ushbu xizmatlarimizni mijozlarga taqdim etasiz, ularga mos yechimlarni taklif qilasiz va hamkorlikni shartnoma asosida yo'lga qo'yasiz.
Vazifalar
- Jamoamizga murojaat qilgan tayyor mijozlar bilan ishlash
- Mijozlarga kompaniya xizmatlari va loyihalarini professional tarzda taqdim etish
- Portfolio va tayyor loyihalar asosida mijozlarga mos xizmatlarni taklif qilish
- Mijozlar bilan telefon va boshqa aloqa kanallari orqali bog'lanish
- Mijozlar oqimini boshqarish va nazorat qilish
- Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish
- Shartnoma tuzilgan loyihalarni nazorat qilish va jarayonni kuzatib borish
- Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish
Talablar
- Muloqot qobiliyati va muzokara olib borish ko'nikmasi
- Mijozlar bilan ishlashga qiziqish
- Mas'uliyatli, faol va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
- O'z fikrini aniq va tushunarli yetkazish
- Shartnoma tuzish va sotuvga qiziqish
- Yangi bilimlarni tez o'zlashtirishga tayyorlik
- Marketing yoki IT sohasida tajriba bo'lishi ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Har bir tuzilgan shartnomadan 10% komissiya
- Natijalarga qarab qo'shimcha KPI bonuslar
- Kompaniyamiz xizmatlari bo'yicha bepul o'qitish
- Professional jamoa bilan ishlash imkoniyati
- Online ishlash uchun qulay grafik
- Marketing va IT sohasida tajriba va bilim orttirish
- Karyera va daromadni oshirish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Har bir tuzilgan shartnomadan 10% + KPI bonuslar
Ish vaqti
- Qulay online grafik asosida ishlash imkoniyati mavjud
Eslatma
Biz shunchaki xodim emas, mijozlar bilan ishlashni, muzokara olib borishni va loyihalarni boshqarishni istaydigan, yuqori daromadga intiluvchi Proyekt Menejerni qidiryapmiz! Portfolio yoki natijalarni ilova qiling! Agar o'zingizga ishonsangiz va natija uchun ishlashga tayyor bo'lsangiz, jamoamizga qo'shiling!
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

