Oshpaz
Обычная зарплата для этой роли
О работе
Dilbaroy klinikasi hududidagi tayyor oshxonani yuritish uchun tajribali oshpaz (yoki oshpazlar jamoasi) hamkorlikka taklif etiladi. Biz sizga barcha sharoitga ega tayyor oshxonani ijaraga beramiz. Qolgan barcha jarayonlar — mahsulot xarid qilish, mazali ovqat pishirish, tarqatish va mijozlardan pulini yig'ish to'liq sizning zimmangizda bo'ladi.
Vazifalar
- Xodimlar va mijozlar (bemorlar) uchun 3 mahal (nonushta, tushlik, kechki ovqat) mazali va sifatli taomlar tayyorlash
- Ovqatlarni o'z vaqtida tarqatish va hisob-kitobni mustaqil yuritish
- Oshxona ozodaligi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish
Talablar
- Milliy va parhez taomlarni mazali tayyorlay olish (ish tajribasi shart)
- Halollik, ozodalik va mas'uliyat
- Tibbiy daftarcha (medknijka) mavjudligi
Imtiyozlar
- Barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlangan tayyor oshxona
- Tayyor doimiy mijozlar bazasi (muassasa xodimlari va keluvchilar)
- Gaz, suv va elektr energiyasi uzluksiz
- Qulay ijara narxi (kelishilgan holda)
Eslatma
Manzil: Namangan shahar, Temir yo'l vokzali oldida.
Ushbu e'lonni tajribali oshpaz tanishlaringizga ham yuboring!
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
