Mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish xizmati administratori (Front Office Administrator)
MERCURE KHIVA HOTEL
Хорезмская область, Город Хива
Зарплата: Договорная
Обычная зарплата для этой роли
1,8млнминимум
3,5млнсреднее
7млнмаксимум
Формат:Сменная
Режим работы:В офисе
Пол:Не важно
Обязательные языки:Русский, Английский
О работе
Xiva markazidagi betakror Mercure Khiva mehmonxonasi o'z jamoasiga mehmondo'stlik olamida yorqin faoliyat boshlashni yoki davom ettirishni istagan, g'ayratli va mas'uliyatli mutaxassislarni taklif etadi!
Vazifalar
- Mehmonlarni kutib olish, ro'yxatga olish (Check-in) va joylashtirish
- Mehmonlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (naqd pul, terminallar, hisob-fakturalar)
- Mehmonxona xizmatlari va shahar infratuzilmasi haqida mehmonlarga aniq va to'liq ma'lumot berish
- Kiruvchi qo'ng'iroqlar, so'rovlar va bronlarga tezkor ishlov berish
- Mehmonlarning istaklari va shikoyatlarini xalqaro Accor standartlari asosida yuqori darajada hal etish
Talablar
- Ma'lumoti: Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
- Tillar: Rus va ingliz tillarini mukammal bilish (boshqa xorijiy tillarni bilish katta ustunlik beradi)
- IT ko'nikmalar: Kompyuterdan ishonchli foydalanish (Microsoft Office), mehmonxona boshqaruv dasturlari (PMS) bilan ishlay olish qobiliyati
- Shaxsiy fazilatlar: A'lo darajadagi muloqot qobiliyati va mijozlarga yo'naltirilganlik (klientorientirovannost)
- Mas'uliyat, tashkilotchilik va stressga chidamlilik
- Kompaniya standartlari: Mehmonlarga xizmat ko'rsatish standartlari va korporativ etika qoidalariga qat'iy rioya qilish
Imtiyozlar
- Mehmonxona sohasida ish tajribasiga ega nomzodlar qo'llab-quvvatlanadi (tajribasiz bo'lsa, xalqaro standartlar asosida o'zimiz o'rgatamiz)
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- Barqaror va raqabatbardosh ish haqi
- Xalqaro mehmonxona tarmog'ida kasbiy o'sish va treninglar
- Shinam ish sharoiti, bepul tushlik va maxsus kiyim-bosh (forma)
- Ahil va professional jamoa
Ish vaqti
- Smenali grafik (tungi smenalar, dam olish va bayram kunlarini o'z ichiga oladi)
ID 42959
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

