Key Account Manager Uzum Tezkor
Обычная зарплата для этой роли
О работе
Uzum Tezkor jamoasiga strategik hamkorlarni rivojlantirish, ularning platformadagi biznesini o‘stirish va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash bilan shug‘ullanadigan Key Account Manager qidirmoqdamiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
-
Strategik hamkorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
-
Hamkorlarning platformadagi savdo hajmi va aylanmasini oshirish
-
Biznes ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o‘sish imkoniyatlarini aniqlash
-
Hamkorlarning ichki jamoalar bilan samarali hamkorligini muvofiqlashtirish
-
Muzokaralar olib borish, hisobotlar tayyorlash va rivojlanish rejalarini birgalikda ishlab chiqish.
Biz uchun muhim:
-
Savdo yoki biznesni rivojlantirish yo‘nalishida kamida 2–3 yillik tajriba
-
Muhim mijozlar yoki strategik hamkorlar bilan ishlash tajribasi
-
Kuchli tahliliy fikrlash va ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmasi
-
Muzokaralar olib borish va tijorat shartlarini boshqarish tajribasi
-
Excel va tahlil vositalaridan ishonchli foydalanish
-
Turli jamoalar bilan samarali ishlash va bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani boshqarish qobiliyati.
Biz nima taklif qilamiz:
-
Toshkentdagi qulay ofis
-
Cheksiz karyera rivojlanish imkoniyatlari
-
Bozorning yetakchi kompaniyalari darajasidagi raqobatbardosh maosh
-
Startap ruhini saqlab qolgan, yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat
-
O‘z sohasining kuchli mutaxassislari bilan ishlash imkoniyati
-
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi
-
Qo‘shimcha imtiyozlar: lokatsiyangizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa bonuslar.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
