Kategoriya menejeri

Kategoriya menejeri

ARBOSS

5 000 000 – 12 000 000 сум

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Рабочее время:08:00-18:00
Условия:
Питание
Пол:Не важно

О работе

ARBOSS jamoasiga kategoriya menejeri kerak! Bizga shunchaki buyurtma beradigan xodim emas, balki o'z kategoriyasini biznes sifatida boshqaradigan, foydani oshiradigan va natija uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan mutaxassis kerak!

Vazifalar

  • Biriktirilgan kategoriya bo'yicha savdo, foyda, assortiment va ombor qoldiqlarini tahlil qilish
  • Mahsulotlarga bo'lgan talabni o'rganish va o'z vaqtida xarid buyurtmalarini shakllantirish
  • Bozor narxlarini muntazam tahlil qilish va eng manfaatli xarid shartlarini topish
  • Zavodlar va ta'minotchilar bilan muzokaralar olib borish, narxlar va to'lov shartlarini kelishish
  • Yangi va ishonchli ta'minotchilarni topish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish
  • Mahsulot yetishmovchiligi va ortiqcha zaxiralarning oldini olish
  • Ta'minotchilar bilan o'zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish va muntazam solishtirib borish
  • Excel orqali savdo, xarid, zaxira va rentabellik hisobotlarini yuritish
  • Kategoriyaning savdo hajmi, yalpi foydasi va rentabelligini oshirish ustida ishlash

Talablar

  • Raqamlar asosida fikrlaydigan va tahlil qilish qobiliyatiga ega
  • Excel dasturini yaxshi biladigan, hisobotlar bilan mustaqil ishlay oladigan
  • Muzokara olib borish va manfaatli shartlarda kelishish qobiliyatiga ega
  • Mustaqil qaror qabul qiladigan va tashabbus ko'rsatadigan
  • Tartibli, mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan
  • Xarid, ta'minot yoki kategoriya boshqaruvi bo'yicha tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi
  • Qurilish materiallari bozorini bilish katta afzallik hisoblanadi

Imtiyozlar

  • Kasbiy va lavozim bo'yicha o'sish imkoniyati
  • Tushlik kompaniya hisobidan

Maosh tafsiloti

  • Oylik daromad: 5 000 000 – 12 000 000 so'm
  • Fiks maosh + natijaga asoslangan KPI

Ish vaqti

  • Ish vaqti: 08:00–18:00
  • Ish tartibi: 6/1
  • Ish joyi: Toshkent shahri

Eslatma

Ishga ariza topshirish uchun quyidagi ma'lumotlarni yuboring:

  • Rezyume (CV)
  • Oldingi ish tajribangiz
  • Excel bo'yicha bilim darajangiz
  • Erishgan natijalaringiz (mavjud bo'lsa)

Nega aynan ARBOSS? Biz uchun kategoriya menejeri — shunchaki xaridlarni amalga oshiradigan xodim emas. Bu — savdo, foyda, assortiment va zaxiralarni boshqarib, kompaniya natijasiga bevosita ta'sir qiladigan mutaxassis. Biz tashabbus ko'rsatadigan, raqamlar bilan ishlaydigan va o'z faoliyati orqali real natija yaratishga intiladigan insonlarni qadrlaymiz. Agar siz o'z bilim va tajribangiz bilan kompaniya rivojiga hissa qo'shishga tayyor bo'lsangiz, jamoamizga qo'shiling!

Выше рынка

Эта вакансия · до 12 млн
2млнминимум
5млнсреднее
15+млнмаксимум
ID 114609

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте