IT-O‘qituvchi / Mentor (Cybersecurity, Web, AI, UI/UX)

IT-O‘qituvchi / Mentor (Cybersecurity, Web, AI, UI/UX)

it lax

5 000 000 сум

Откликнулись всего 7 человек, будьте среди первых!

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Сменная, Частичная занятость
Режим работы:В офисе
График:3/3 (3 дня работа, 3 дня выходных)
Рабочее время:9:00-19:00
Вакансии:4
Пол:Мужчины
Возраст:18 – 25

О работе

IT Lax — zamonaviy IT-ta’lim ekotizimi. Biz Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi (TIST) binosidagi yangi IT-laboratoriyamiz uchun o‘z sohasining amaliyotchi mutaxassislarini jamoamizga taklif qilamiz!

Agar siz o‘z bilimingizni yoshlarga ulashishni, amaliy loyihalar yaratishni va iqtidorli kadrlarni tayyorlashni istasangiz — biz bilan bog‘laning.


Yo‘nalishlar (quyidagilardan biri bo‘yicha):

  1. Web Development: Full Stack / Frontend (React, Vue) yoki Backend (Python/Node.js/PHP).

  2. Kiberxavfsizlik (Cybersecurity): Tarmoq xavfsizligi, Ethical Hacking, Web Security asoslari.

  3. AI Engineering: Python, Data Science, Machine Learning / Sun’iy intellekt asoslari, LLM bilan ishlash.

  4. Web Design (UI/UX): Figma, veb va mobil ilovalar dizayni, UX tadqiqotlar.


Vazifalar:

  • O‘quvchilarga amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy darslar o‘tish (nazariya + real loyihalar).

  • O‘quvchilarning shaxsiy portfoliolarini yig‘ishiga mentorlik qilish.

  • Mustaqil topshiriqlarni tekshirish va konstruktiv fikr-mulohaza (feedback) berish.

  • Dars dasturini zamonaviy IT-trendlarga mos holda boyitib borish.


Talablar:

  • Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha amaliy ish tajribasi (kamida 1–2 yil) va portfolio.

  • Murakkab tushunchalarni sodda, tushunarli va qiziqarli qilib tushuntira olish qobiliyati.

  • O‘qituvchilik yoki mentorlik tajribasi (katta ustunlik beradi).

  • Mas’uliyat, punktuallik va o‘quvchilar natijasiga befarq bo‘lmaslik.


Biz taklif qilamiz:

  • Maosh: Raqobatbardosh, suhbat asosida (dars soatlariga yoki guruhlarga qarab kelishiladi).

  • Ish grafigi: Moslashuvchan (Part-time yoki Full-time imkoniyati).

  • Ish joyi: Yangihayot tumani, TIST binosi (zamonaviy, barcha texnikalar bilan jihozlangan yangi IT-laboratoriya).

  • Kuchli networking va IT Lax ekotizimidagi boshqa yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.

Ниже рынка

Эта вакансия · ≈5 млн
2млнминимум
7,5млнсреднее
15+млнмаксимум
ID 94460

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте