Ingliz tili o'qituvchisi
Welton Academy
Зарплата: Договорная
Откликнулись всего 11 человек, будьте среди первых!
О работе
Ingliz tili o'qituvchisi\
Welton Academy | Toshkent
Ba'zi joylarda dars o'tasiz, ish tugaydi, uyga ketasiz.
Bu — undaylardan emas.
Biz 1–6-sinf o'quvchilarini Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlaymiz. Bolalarga so'z yodlatmaymiz — ularni ingliz tilida erkin fikrlashga va bu tilni sevishga o'rgatamiz.
Shuning uchun bizga ichida uchquni bor inson kerak.
Siz bizga to'g'ri kelasiz, agar:
ingliz tilini chin dildan sevsangiz va buni bolalarga sindira olsangiz
murakkab narsani sodda va qiziqarli tushuntira olsangiz
qiyinchiliklardan qo'rqmasangiz va doim o'sishga tayyor bo'lsangiz
kuchli jamoaning bir qismi bo'lishni istasangiz
Bu ish siz uchun emas, agar:
faqat oylik uchun ishlasangiz
mas'uliyat va tanqiddan qochsangiz
rivojlanishni xohlamasangiz
Ba'zi ko'nikmalar yetishmasa — o'rgatamiz.
Lekin mas'uliyat, qiziquvchanlik va ishtiyoqni o'rgata olmaymiz.
Biz uchun xarakter rezyumedan muhimroq.
Sizni nima kutadi:
zamonaviy metodikalar bo'yicha treninglar
kuchli va qo'llab-quvvatlovchi jamoa
martaba va daromad o'sishi
hissangizga mos munosib maosh
Talablar:
ingliz tili — kamida B2 (yuqoriroq afzal)
rus tili — erkin (majburiy)
o'zbek tili — erkin
bolalar bilan ishlashni sevish
mas'uliyat va o'z ustida ishlash
Bo'sh o'rinlar:
— Ingliz tili o'qituvchisi
— Ingliz tili o'qituvchisi (stajirovka)
Dushanba–Shanba, Soat 10:00–19:00 murojat qiling
Telegram: WeltonAHR
Umid Aminov
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
