Head of Marketing & Growth

Head of Marketing & Growth

AMIR

Зарплата: Договорная

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:По договорённости
Пол:Не важно

О работе

AMIR JAMOASIGA RAHBAR KERAK! Lavozim: Head of Marketing & Growth — Marketing strategiyasi va savdoni rivojlantirish rahbari. AMIR jamoasi shunchaki reklama yoki SMM bilan shug‘ullanadigan mutaxassisni emas, balki biznesni tahlil qiladigan, samarali strategiyalar ishlab chiqadigan va savdo o‘sishini ta’minlaydigan kuchli rahbarni izlamoqda!

Vazifalar

  • Filiallarning savdo ko‘rsatkichlari, mijozlar oqimi, konversiyasi va o‘rtacha chekini tahlil qilish
  • Oylik, choraklik va yillik marketing strategiyalarini ishlab chiqish
  • Har bir filial savdosi va rentabelligini oshirish bo‘yicha rejalar tuzish
  • Bozor, raqobatchilar va mijozlar xatti-harakatlarini o‘rganish
  • Yangi mijozlarni jalb qilish va doimiy mijozlar ulushini oshirish
  • Marketing budjetini boshqarish va xarajatlar samaradorligini nazorat qilish
  • SMM, target, kontent va reklama yo‘nalishlarini yagona strategiya asosida boshqarish
  • KPI tizimini shakllantirish va natijalar bo‘yicha rahbariyatga hisobot berish

Talablar

  • Marketing sohasida kamida 3 yillik amaliy tajriba
  • Chakana savdo (retail) sohasidagi tajriba — ustunlik
  • Strategik, analitik va tizimli fikrlash
  • Savdo ko‘rsatkichlari va moliyaviy raqamlarni tahlil qila olish
  • Marketing orqali savdoni oshirish bo‘yicha isbotlangan natijalar
  • Jamoani boshqarish va strategiyani amaliyotga tatbiq etish qobiliyati
  • Yuqori mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik

Imtiyozlar

  • Rivojlanayotgan kompaniyada rahbarlik lavozimi
  • Bir nechta filialning marketing va rivojlanish strategiyasini boshqarish imkoniyati
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyati
  • Professional va katta maqsadlarga intiluvchi jamoa

Maosh tafsiloti

  • Maosh: Suhbat asosida belgilanadi
  • Qo‘shimcha rag‘bat: KPI va erishilgan natijalarga qarab

Ish vaqti

  • Suhbat asosida kelishiladi

Eslatma

BIZGA JARAYON EMAS, NATIJA KERAK! Biz uchun kuchli marketolog — shunchaki reklama ko‘rishlarini emas, balki savdo hajmi, mijozlar soni va kompaniya foydasining o‘sishini ta’minlay oladigan mutaxassis! Agar siz biznesga strategik yondashsangiz, raqamlarni tahlil qila olsangiz va real natijalar yaratishga tayyor bo‘lsangiz, AMIR jamoasi sizni kutmoqda! Bot orqali anketani to‘ldiring, siz bilan bog‘lanamiz. AMIR — KATTA MAQSADLAR, KUCHLI JAMOA, ANIQ NATIJA!

Обычная зарплата для этой роли

1,9млнминимум
5,5млнсреднее
12+млнмаксимум
ID 118177

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Намангане