Grafik dizayner

Grafik dizayner

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti

Зарплата: Договорная

Источник:Telegram-канал/группа или Cloz.uz
Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Рабочее время:09:00-19:00
Пол:Не важно
Ещё горячий

О работе

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Grafik dizayn yo‘nalishida kamida 1–2 yillik ish tajribasi;

  • Adobe Photoshop va Adobe Illustrator dasturlarini mukammal bilish;

  • Figma dasturida ishlash ko‘nikmasi ustunlik beradi;

  • Instagram postlari, Stories, Facebook reklama kreativlari, bannerlar va boshqa raqamli materiallarni tayyorlay olish;

  • Flayer, buklet, banner, roll-up va boshqa poligrafiya mahsulotlari dizaynini tayyorlay olish;

  • Kompozitsiya, tipografiya, ranglar uyg‘unligi va vizual ierarxiyani yaxshi tushunish;

  • Brendbuk va yagona vizual uslub asosida ishlay olish;

  • Marketing maqsadlarini tushunib, auditoriyaga ta’sir qiladigan samarali dizaynlar yaratish;

  • Tezkor ishlash, feedback asosida o‘zgartirishlar kiritish va belgilangan muddatlarga rioya qilish;

  • Kreativ fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

Asosiy vazifalar:

  • Universitetning ijtimoiy tarmoqlari uchun kundalik grafik kontent tayyorlash;

  • Facebook va Instagram reklamalari uchun performance kreativlar yaratish;

  • Qabul kampaniyalari uchun dizayn materiallarini ishlab chiqish;

  • Flayer, buklet, taqdimot, tashqi reklama va boshqa marketing materiallarini dizayn qilish;

  • Marketing kampaniyalari uchun yangi vizual konsepsiyalar ishlab chiqish;

  • SMM, videograf va marketing jamoasi bilan hamkorlikda ishlash;

  • Universitetning vizual identifikatsiyasini barcha kommunikatsiyalarda yagona uslubda saqlash.

Biz taklif qilamiz:

  • Yirik va rivojlanayotgan universitet brendi bilan ishlash imkoniyati;

  • Doimiy va turli formatdagi kreativ loyihalar;

  • Kuchli marketing jamoasi bilan ishlash;

  • Portfolio uchun yirik auditoriyaga mo‘ljallangan real loyihalar;

  • Professional rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;

  • Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkin muhit;

  • Ahil va natijaga yo‘naltirilgan jamoa.

Muhim eslatma:

Bizga shunchaki Canva’da post tayyorlaydigan dizayner emas, balki biznes vazifalarini tushunadigan va dizayn orqali auditoriya e’tiborini jalb qila oladigan Grafik dizayner kerak.

Bog‘lanish:

Talablar sizga mos kelsa, CV va portfolioingizni quyidagi kontaktlar orqali yuboring.

Обычная зарплата для этой роли

3,6млнминимум
6млнсреднее
10+млнмаксимум
ID 63638

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте