Critical Thinking ustoz

Critical Thinking ustoz

Оплата:Ежемесячно
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
Пол:Не важно

О работе

Mudarris Xususiy Maktabi 1–4-sinf o‘quvchilari bilan ishlaydigan, bolalarda mustaqil va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantira oladigan Critical Thinking ustozni jamoamizga taklif qiladi!

Vazifalar

  • 1–4-sinf o‘quvchilari uchun Critical Thinking darslarini olib borish
  • Bolalarning mantiqiy, analitik va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
  • Mantiqiy masalalar, puzzle, boshqotirma va qiziqarli topshiriqlar orqali dars tashkil qilish
  • O‘quvchilarni savol berish, fikrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatish
  • O‘yinlar, jamoaviy mashg‘ulotlar, discussion va interaktiv metodlardan foydalanish
  • Har bir bolaning fikrlash jarayoni va rivojlanishini kuzatib borish
  • Yosh xususiyatlariga mos qiziqarli va samarali darslar ishlab chiqish

Talablar

  • 1–4-sinf o‘quvchilari bilan ishlash tajribasiga ega
  • Boshlang‘ich ta’lim, pedagogika yoki tegishli sohada bilimga ega
  • Bolalar bilan tez til topisha oladigan
  • Kreativ va interaktiv dars tashkil qila oladigan
  • Mantiqiy fikrlashi kuchli va bolalarga fikrlashni o‘rgata oladigan
  • Mas'uliyatli, sabrli va o‘rganishga ochiq
  • Zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanishga qiziqadigan

Imtiyozlar

  • Zamonaviy va rivojlanishga yo‘naltirilgan maktab muhiti
  • Professional va do‘stona jamoa
  • Kasbiy rivojlanish va treninglar
  • Barqaror ish va raqobatbardosh maosh
  • O‘sish va yangi ta’lim loyihalarida ishtirok etish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • 4 500 000 - 8 000 000

Eslatma

Agar siz bolalarga tayyor javoblarni emas, mustaqil fikrlashni o‘rgatishni istasangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz!

В пределах рынка

Эта вакансия · до 8 млн
2млнминимум
7,5млнсреднее
17+млнмаксимум
ID 69242

Будьте осторожны

Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

Похожие вакансии в Ташкенте